O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Narsani o‘zgartirib qo‘y 
Maydonchaning bir tomonida 5—6 ta bola qo‘lida shiqildoq ushlab turadi. 
Maydonchaning boshqa tomonidagi qator stullar ustiga bittadan kubik qo‘yib 
qo‘yiladi. Tarbiyachi “Yuguring!” deyishi bilan bolalar yugurib borib qo‘llaridagi 
shiqildoqlarni stulga qo‘yib, kubikni olib, tezda o‘z joylariga qaytadilar. 
Tarbiyachi birinchi bo‘lib yugurib kelgan bolani rag‘batlantiradi. So‘ngra keyingi 
5—6 ta bola yuguradi 
Qopqon (tuzoq) 
Tarbiyachi bir bolani qopqon qilib tayinlaydi. Qopqon maydonchaning 
o‘rtasiga chiqib baland ovoz bilan: “Men qopkonman”,— deydi va qochib 
ketayotgan bolalarii quvlab, еtib oladi. Uning qo‘li kimga tegsa, o‘sha bola qopqon 
bo‘ladi. Yangi bulgan qopqon tez to‘xtab, qo‘lini ko‘tarib, baland ovozda “Men 
qopqonman!” — deydi. O‘yin shu tarzda davom etadi. 
Lentani ol! 
Bolalar doira bo‘ylab saf tortib turadilar. Har bir bola beliga rangli lentadan 
bog‘lab, osiltirib qo‘yiladi. Doira o‘rtasida tarbiyachi saylagan “tutuvchi” turadi. 
Tarbiyachining “Yuguring!” signali bo‘yicha bolalar har tomonga yugurib 
ketadilar. “Tutuvchi” esa ularning orqasidan yugurib, birortasining lentasini tortib 
olishga harakat qiladi. Lentasini oldirib qo‘ygan bolalar vaqtincha chetga chiqib 
turadilar. Tarbiyachining: “Bir, ikki, uch — doiraga tez turing!” signalidan keyin 
hamma bolalar doiraga saflanadilar. “Tutuvchi” olgan lentalari sonini hisoblab 
chiqqandan so‘ng, ularni bolalarga qaytaradi. Endi yangi “tutuvchi” saylanadi va 
o‘yin davom ettiriladi. 
Chambarakni kim bayroqqacha tez dumalatadi! 
Maydonchaga ma’lum masofada ikkita chiziq chiziladi. Bitta chiziqda bolalar 
chambarak ushlab turadilar. Qarshi tomondagi ikkinchi chiziqqa esa orasini 
kamida 50 sm qilib bayroqchalar terib quyiladi. Tarbiyachi signal berishi bilan 
bolalar chambarakni bayroqchalarga tomon dumalatib boradilar. Birinchi bo‘lib 
bayroqchaga еtgan bola taqdirlanadi. 
O‘yinning boshqa turlari. Bolalar 3—4 zvenoga bo‘linadilar. Start chizig‘iga 
har bir zvenoda chambarak bilan bittadan bola chiqadi. Chambarakni birinchi 
bo‘lib dumalatib kelgan bola bayroqcha yoki znachok (nishon) oladi. So‘ngra 
keyingi bolalar bittadan chiqadilar. Bayroqcha yoki nishonni ko‘p olgan zveno 
o‘yinchi g‘olib hisoblanadi. 
Ko‘zboylag‘ich 
Tarbiyachi bitta bolani ko‘zboylag‘ich qilib tayinlaydi. U xona yoki 
maydonchaning o‘rtasida turadi, ko‘zi esa biror gazlama bilan bog‘lab quyiladi, 


144 
so‘ngra atrofga bir necha marta o‘girilib qarash taklif qilinadi. Shundan sung 
hamma bolalar xona yoki maydoncha bo‘ylab yuguradilar, ko‘zi bog‘langan bola 
esa biror o‘rtog‘ini tutishga harakat qiladi. Bolalar biror xavf tug‘ilib qolganda 
«Alanga!» deb ko‘zi bog‘langan bolani ogohlantirib qo‘yishlari shart. 
Agar o‘yin ochiq havoda o‘tkaziladigan bo‘lsa, buning uchun albatta tekis 
maydoncha tanlab olinadi va chegara chizig‘i chiziladi. O‘yin paytida bolalar shu 
chegaradan chiqishlari mumkin emas. 
Ko‘zi bog‘langan bola birorta o‘rtog‘ini tutib olsa, unda ular joylarini 
almashadilar. O‘ynovchi belgilangan chegaradan chiqib ketmasligi uchun chiziqqa 
yaqinlashganda bolalar «Alanga»! deb uni ogohlantiradilar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling