O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Tayoqcha bo‘ylab kim yuqori chiqadi


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Tayoqcha bo‘ylab kim yuqori chiqadi 
Bolalar еrda o‘tirib, tayoqchani oyoq kaftlari orasiga olib, qo‘llarida tikka 
ushlab turadilar. Tarbiyachi “Kim baland va tez” deganidan so‘ng bolalar tizzalarni 
bukib, oyoqni galma-gal yuqoriga ko‘taradilar. Tayoqni еrga mahkam qo‘yib, tikka 
ushlab turiladi. 
 
Baliqchalar 
Bir vaqtning o‘zida 2—3 komanda musobaqalashadi, ularda bolalar soni teng 
bo‘ladi. Har bir bolaga bittadan uzunligi 25 sm, eni 6—7 sm keladigan “baliq” 
beriladi. “Baliq” dumiga 1 m ip bog‘lanadi. Bolalar ipning bir uchini belbog‘iga 
bog‘lab quyishadi. “Baliq” bemalol polga tegib, erkin suzib yuradigan bo‘lsin. Har 
bir komanda o‘yinchilari aniq belgilangan rangda bo‘ladilar. Tarbiyachi signalidan 
keyin komandalar raqibining balig‘ini oyog‘i bilan bosib olishga harakat qiladi 
(baliqni qo‘l bilan ushlab turish mumkin emas), biroq raqibga tutqich bermaslik 
kerak. Baliqchasi uzib olingan bola o‘yindan chiqadi. Ma’lum vaqt o‘tgandan 
keyin tarbiyachi har bir komandadan chiqib ketgan o‘yinchilar sonini hisoblaydi. 
Qaysi komandada kuproq tutilmagan baliqchalar qolsa, o‘sha komanda yutgan 
hisoblanadi. Baliqchasini yo‘qotgan bola o‘yindan chiqadi. 
Mashinalar 
Har bir bola bittadan chambarak oladi. Bolalar maydoncha bo‘ylab yugurib, 
chambarakni goh o‘ng, goh chap tomonga burib, bir-birlariga xalaqit bermasdan 
mashina haydaydilar. 
Qo‘ng‘izlar 
Tarbiyachining “qo‘ng‘izlar uchdi” degan signali buyicha bolalar xona bo‘ylab 
har xil yo‘nalishda yuguradrlar. Tarbiyachining “Qo‘ng‘izlar yiqilib tushdi” degan 
signali bo‘yicha bolalar polga chalqancha yotadilar va qo‘l-oyoqlarni erkin 
harakatlantirib, tipir-tipir qiladilar. 
Tez olib, tez qo‘y 
Xonaning bir tomonidagi savatchada bayroqchalar bo‘ladi, xonaning qarama-
qarshi tomoniga esa bo‘sh savatcha qo‘yib qo‘yiladi. Bolalar bir-birlarini 


143 
ushlamasdan yugurib borib savatchadan bayroqchani tez oladi va orqaga tez 
qaytib, bayroqchani bo‘sh savatchaga eltib qo‘yadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling