O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Merganchasiga yurish 
Maydoncha markaziga nishon — 5 ta doira chiziladi. Har bir doiraning orasi 25 
sm bo‘ladi. Doira markazidan tashqariga 5, 4, 3, 2, 1 raqamlari belgi qilib yozib 
qo‘yiladi. Bular ochkolar sonini ko‘rsatadi. Nishon markazidan 10 m masofada 
start chizig‘i bo‘ladi. Bolalar ko‘zlarini yumib, galma-galdan nishon o‘rtasiga 
kirishga harakat qiladilar. O‘yinchi to‘xtagach, ko‘zini ochishi mumkin. To‘xtash 
joyi — aniq nishonga tushishdir. O‘yin 3 marta o‘ynaladi. Kim ko‘p ochko 
to‘plasa, o‘sha yutgan hisoblanadi. 
O‘yinni murakkablashtirish uchun bolalar soniga qarab nishon tayyorlanadi
bolalar komandalarga bo‘linadi. Bir vaqtda bir necha komandalar bilan o‘ynash 
mumkin. 
Nishonga ko‘zni yumib boriladi, faqat to‘xtagandagina ko‘zni ochish 
mumkin. 
Chig‘anoq 
Bolalar qatorda saf tortib turib, qo‘llarini ushlashib, o‘ngga (chapga) burilib, 
onaboshi orqasidan doira bo‘ylab, keyin chig‘anoqqa o‘xshab turadilar. Ular 
spiralsimon doira hosil qiladilar. Bu doiralar orasidagi masofa kamida 1 m 
bo‘lishi kerak. 
Ilon izi 
Bolalar qator bo‘lib maydonchaning bir tomonidan ikkinchi tomoniga burilib, 
qarama-qarshi tomonga bir necha marta (maydoncha imkoniyatiga qarab) 
yuradilar. 


141 
Nina va ip 
Bolalar ikki kishidan bo‘lib, bittadan qo‘llarini ushlab, zanjir hosil qiladilar. 
Onaboshi bu bolalarni maydon atrofidan aylantirib chiqib, qo‘llarni yuqoriga 
ko‘tarib, qator darvoza hosil qilishlarini taklif qiladi. Bolalar qarama- qarshi 
tomonga navbatma-navbat darvoza ichidan o‘tadilar. Darvozadan o‘tgan bolalar 
yana qo‘llarini ko‘tarib ushlab darvoza hosil qilishadi. O‘yin shu taxlitda davom 
etadi. 
Bolalar ko‘rsatilgan qoida bo‘yicha saflanadilar, yurishda bir-birlari orasidagi 
masofalarni saqlab qoladilar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling