O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Yugurib chiqib ketishga ulgur 
Bolalar doira hosil qilib turadilar. Doiraning o‘rtasida 7-8 ta bola turadi. Doira 
atrofida turgan bolalar qo‘llarini ushlashib, o‘ng yoki chap tomonga doira bo‘ylab 
yuguradilar. Tarbiyachining “To‘xta!”—degan signalidan keyin bolalar joylarida 
to‘xtab, qo‘llarni chirmashtirib, yuqoriga ko‘taradilar. Tarbiyachi tezda “Bir, ikki, 
uch”. deydi. Doira o‘rtasida turgan bolalar bu vaqt ichida doira ichidan yugurib 
chiqib ketishga ulgurishi shart. Uch soni aytilgandan keyin bolalar qo‘llarini tezda 
pastga tushiradilar. Doira o‘rtasiga endi boshqa bolalar keladi va o‘yin davom 
ettiriladi. 
Doira ichidagi tutuvchi 
Bolalar qo‘llarini ushlashib, doira bo‘ylab turadilar. Tarbiyachi tayinlagan 
tutuvchi doira o‘rtasida turadi. Bolalar tarbiyachining ko‘rsatmasi bo‘yicha doira 
bo‘ylab o‘ng yoki chap tomonga harakat qiladilar va quyidagi so‘zlarni aytadilar: 
Biz quvnoq bolalarmiz, 
Yugurishni sevamiz. 
Qani, bizni quvib ko‘r! 
Bir, ikki, uch — tutib ko‘r!— 
deydilar. Oxirgi so‘zni aytib bo‘lishlari bilan hamma yugura boshlaydi, tutuvchi 
ularni quvlab, birortasini ushlab oladi. Tutilganlar vaqtincha chetga chiqib turadi. 
2—3 ta bola tutilmaguncha o‘yin davom etadi. 
Tarbiyachi “Doiraga” deyishi bilan hamma bolalar yana doiraga turadilar. 
O‘yin yangi tutuvchi saylash bilan davom etadi. Tarbiyachi “Tut!” degandan 
keyingina yugurish mumkin. 
O‘yinning boshqa turi. “Biz quvnoq petrushkalar”. Bolalar doira bo‘ylab 
oyoqdan-oyoqqa sakrab yuradilar va shunday deydilar: 


149 
Biz quvnoq petrushkalarmiz, 
Yugurishni sevamiz. 
Qani o‘rtoq, quvib ko‘r! 
Bir, ikki, uch — tutib kur!— 
deydilar. Oxirgi so‘z aytilishi bilan bolalar doiradan orqaga bir qadam 
qo‘yadilar. Tarbiyachi “Tut!” deyishi bilan doira ichida turgan tutuvchi 
qochuvchilarni tuta boshlaydi. Tarbiyachi “bir, ikki, uch — tezda doiraga yugur!” 
deganidan so‘ng bolalar doiraga saf tortadilar 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling