O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Kim uzoqqa otadi 
Bolalar 4 ta komandaga 5—8 kishidan bo‘linib, qatorda saf tortib turadilar. Har 
bir komanda orasidagi masofa 3-4 metrni tashkil qiladi. To‘pni otuvchilar oldidan 
to‘g‘ri chiziq chiziladi va har bir komandaning o‘yinchilari uchun alohida joy 
ajratilgan bo‘ladi. Shu chiziqdan 3 metr naridagi voleybol ustunchasiga tizimcha 
tortiladi. Tizimchadan 5 metr narida 4-5ta chiziq chiziladi va hokazo. 
O‘qituvchining signalidan so‘ng birinchi turganlar to‘pni otadilar. Eng uzoq 
chiziqdan — 5-chiziqdan to‘pni oshirgan komanda o‘yinchisi 3 ochko, to‘rtinchi 
chiziqqa еtkazganga —2 ochko, uchinchi chiziqqa еtkazganga—1 ochko beriladi. 
To‘p yaqindagi chiziqlarga tushsa, ochko berilmaydi. Shundan keyin to‘pni olib 
kelish uchun komanda beriladi, to‘pni otgan bolalar uni olib kelib, keyingi 
o‘yinchilarga beradilar. Shunday ketma-ketlikda komandaning hamma o‘yinchilari 
otadilar. O‘yin 2-3 marta qaytariladi. O‘yinda ko‘p ochko to‘plagan komanda 
yutgan hisoblanadi. 
O‘yin qoidasi shuki, to‘pni tizimcha ustidan oshirib otish kerak. Tizimcha 
tagidan o‘tgan to‘p hisoblanmaydi. 
Bir doiradan ikkinchi doiraga sakrash 
Bolalar maydoncha atrofida turadilar. Maydonchaning o‘rtasiga 10—12 ta 
doira chiziladi yoki kichik chambaraklar qo‘yilgan bo‘ladi. 
O‘qituvchining signalidan so‘ng o‘yinchilar ketma-ket birinchi doiradan 
ikkinchisiga, uchinchisiga va hokazoga sakrab, oxirgi doiradan sakrab o‘tishlari 


155 
kerak. Har bir doiraning ichidan to‘xtamasdan to‘g‘ri o‘tgan bola bitta ochko oladi. 
Vazifani xatosiz bajarib, ko‘p ochko to‘plagan o‘yinchi yutgan hisoblanadi. 
Yo‘lakchalar bo‘ylab sakrash 
Maydonchaga bir necha yo‘lakchalar chiziladi. Start chizig‘i bilan birinchi 
yulakcha orasidagi masofa 30 sm, ikkinchisi 60 sm, uchinchisi 80 sm, to‘rtinchisi 
90 sm, beshinchisi 100 sm, 110 sm va hokazo uzoqlashib boradi. 
O‘qituvchining signalidan keyin bolalar yo‘llar ustidan ketma-ket sakrab o‘ta 
boshlaydi. Birinchi yo‘lakchadan sakrab o‘tsa 1 ochko, ikkinchisidan o‘tsa — 2 
ochko va hokazo oladi. Kimda kim oltita yo‘lakchadan sakrab o‘tsa, 6 ochko oladi. 
Ko‘p ochko to‘plagan o‘yinchi yutgan hisoblanadi. 
Kapalakcha 
Bolalarning (onaboshidan tashqari) qo‘llarida еlimdan kartondan yoki 
qog‘ozdan yasalgan kapalaklar bo‘ladi. Onaboshi ning qo‘lida esa kapalak tutqich 
bo‘ladi. 
Tarbiyachining signalidan keyin kapalaklar maydon bo‘ylab qocha 
boshlaydilar. Onaboshi esa ularni orqasidan quvlab kapalaklarni ushlash uchun 
qo‘lidagi kapalak tutqichni ularning boshiga kiygizadi. Tutilgan kapalak onaboshi 
bilan joy almashadi. O‘yin yana davom etadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling