152
o‘yinchi
kechikib qolsa, u joysiz qoladi va yutqizgan hisoblanadi. Hamma
chug‘urchuqlar aylanaga (har bir doiraga ikki kishidan)
joylashib olganlaridan
keyin tarbiyachi: “Chug‘urchuqlar ketadi!” deydi. Shunda hamma o‘yinchilar
doiradan chiqib va yana maydon bo‘ylab yugurishadi. O‘yin yana ettiriladi.
O‘yinning qoidasiga ko‘ra tarbiyachi “Chug‘urchuqlar uchib keldilar!”
deganidan keyin bolalar faqat chug‘urchuq inidan egallashi mumkin. Indan
faqatgina tarbiyachi “Chug‘urchuqlar ketyapti!” deganidan
keyin uchib chiqish
mumkin. Bitta faqatgina ikkita o‘yinchi turishi mumkin.
Kapalak tutish
Tarbiyachi to‘rtta o‘yinchini tanlab oladi, bu bolalar kapalak tutqichni ushlab
turadilar. Qolgan o‘yinchilar — kapalaklar bo‘ladi. Bolalar qo‘llarida
kapalak
tutqich bilan chetda turadi. Tarbiyachi ularning yoniga
tutilgan kapalaklar uchun
joy tortadi. Tarbiyachi “Uchinglar!” deyishi bilan hamma kapalaklar maydon
bo‘ylab yugurib ketadilar “Tut!” signali bo‘yicha bolalar qo‘llaridagi kapalak
tutqich bilan kapalakni tutadi, ya’ni ikkita bola qo‘llarini
kapalak atrofida
birlashtirib va so‘ngra uni kelishib olingan joyga olib boradi. Ular tutilgan
kapalakni olib borayotgan vaqtda tarbiyachi: “Kapalaklar, gullarga qo‘ning” —
deydi. Kapalaklar tezda cho‘qqayib o‘tiradilar. “Uchib keting!”—signali bo‘yicha
kapalaklar qaytadan uchib ketadilar. 3-5 ta kapalak tutilgandan so‘ng ko‘p kapalak
tutgan bolalar rag‘batlantiriladi. Keyin esa boshqa bolalarga kapalak beriladi.
O‘yin yana davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: