O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Quyonlar polizda” 
Maydon o‘rtasida ikkita-ichkisi diametri 3 m, tashqisi 7 mli doira chiziladi. 
Quyonlar katta doiraning tashqarisida joylashadilar, qorovul esa kichik-doira 
polizda joylashadi. Tarbiyachining ishorasiga ko‘ra quyonlar ikki oyoqda katta 
doira ichiga sakrab turadilar. Qorovul polizda u yoqdan bu yoqqa katta doirada 
yugurib yuradi va ularni ushlab olishga intiladi. Qorovul tutib olgan quyonni 
poliziga (kichik doiraga) olib kirib ketadi. Qorovul 3-4 ta quyonni tutib olgandan 
keyin o‘yin to‘xtatiladi va yangi boshlovchi tayinlanadi. 
“Bayroqqacha kim tezroq” 
O‘ynovchilar ikki qator bo‘lib saflanadilar. Har bir qatorning to‘g‘risiga – 5 
m nariga bittadan buyum (bayroqcha, kegli, kubiklar) qo‘yiladi. Tarbiyachining 
ishorasiga ko‘ra, birinchi bo‘lib turgan bola buyumgacha ikki oyoqda sakrab 
boradi va uni muayyan tomondan aylanib o‘tib, yugurib orqaga vaytadi, qo‘lini 
keyingi bolaning qo‘liga tekkizadi va o‘z qatorining oxiriga kelib turadi. 
 
“Buyumga tegib ketma” 
O‘ynovchilar dastlabki chiziq oldida ikki qator bo‘lib saflanadilar. Har bir 
qatorning qarshisida maydonning uzunasiga 0.5 m oraliqda buyumlar (kubik, kegli, 


77 
to‘plar) qo‘yiladi. Tarbiyachisining ishorasiga binoan bolalar ketma-ket (uncha 
katta bo‘lmagan oraliqda) ikki oyoqda (ilon izi) bo‘ylab sakraydilar va o‘z 
joylariga qaytadilar. Topshiriqni tez va to‘g‘ri bajargan qator bolalari g‘olib 
chiqadilar. 
O‘yin mashqlari va yugurishi bo‘lgan estafetalar 
“To‘plarni olib o‘tish” 
O‘ynovchilar uch qator bo‘lib safalandilar. Maydonni o‘rtasiga katta 
hajmdagi gardishlar qo‘yiladi, uning ichiga bolalarning soniga qarab kichik to‘plar 
terib qo‘yiladi. Tarbiyachining ishorasiga ko‘ra qatorda birinchi bo‘lib turgan 
bolalar gardish tomon yuguradilar va bittadan to‘p olib o‘z qatorlarining oxiriga 
kelib turadilar. Ikkinchi o‘yinchi esa yugurishni birinchi o‘yinchi shartlashilgan 
chiziqni (har bir komanda oldida belgilangan) bosib o‘tishi bilan boshlaydi. 
Topshiriqni tez bajarib bo‘lgan komanda g‘olib chiqadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling