76
O‘ynovchilar uch qator bo‘lib saflanadilar. Dastlabki chiziqdan 2 m narida
qo‘lida bittadan katta hajmli to‘p ushlab boshlovchilar turadi. Ular to‘pni qatorda
birinchi bo‘lib turgan o‘yinchiga otadilar, ular to‘pni ilib olib yana qaytaradilar va
o‘z qatorlarining oxiriga borib turadilar. Boshlovchi to‘pni keyingi o‘yinchiga
otadi va hokazo. Topshiriqni birinchi bo‘lib bajargan qator g‘olib bo‘ladi.
O‘YIN MAShQLARI VA SAKRASHI BO‘LGAN ESTAFETALAR
“Do‘ngdan-do‘nga”
O‘ynovchilar start chizig‘i oldida uch qator bo‘lib turadilar. Har bir qatordan
10 m masofada chiziq tortiladi yoki hajmi 25-30 smli tekis gardishlar (6-8 dona)
tashlab qo‘yiladi. Tarbiyachining buyrug‘iga binoan o‘ynovchilar gardishdan
gardishga sakray boshlaydilar. Marra chizig‘iga
еtib borgach, orqalariga yugurib
qaytadilar. Sakrashni keyingi qatnashchi boshlaydi.Topshiriqni tez va to‘g‘ri
bajargan (chetga chiqib ketmagan) qator g‘alaba qiladi.
“Pingvinlar”
O‘ynovchilar dastlabki chiziq oldida ikki qator bo‘lib saflanadilar. Birinchi
bo‘lib turgan o‘ynovchilarda bittadan qum solingan xaltacha bo‘ladi.
Tarbiyachining ishorasiga binoan xaltachani tizzalarini
orasiga qisib olib ikki
oyoqda gardishgacha sakrab boradilar, keyin uni qo‘llariga olib o‘z
qatorlariga
yugurib kelib xaltachani keyingi o‘yinchiga beradilar. O‘zlari esa qatorning oxiriga
kelib turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: