O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“To‘p ketidan tez yugur” 
O‘ynovchilar tarang tortilgan to‘r (chizimcha) oldida (0.5 metr berida) saf 
tortib turadilar. To‘pni to‘r ustidan oshirib tashlab, o‘zlari uning ostidan tezgina 
o‘tadilar va to‘p еrdan sakrab chiqqandan so‘ng ilib oladilar. Shundan keyin 
topshiriqni ikkinchi safdagilar bajaradilar. Mashqni bajarishda kam jarima olgan 
(to‘pni ushlay olingan) komanda g‘olib chiqadi. 
“To‘pni boshlovchiga berma” 
Doiraning o‘rtasida 2-3 ta boshlovchi turadi. Doiradan tashqarida turganlar 
bir-birlariga to‘pni turli yo‘nalishda tashlaydilar, boshlovchilar esa unga qo‘lini 
tekkizishga harakat qiladilar. Bunga muvofiq bo‘lgan boshlovchi esa doiradan 
chiqadi, uning o‘rniga to‘pni otgan bola boshlovchi bo‘ladi. 
 
“To‘pni olib yur” 
O‘ynovchilar ikki qator bo‘lib saflanadilar, har birining qo‘lida bittadan to‘p 
bo‘ladi. Maydonning uzunligi yoki bo‘linmasligi bir biriga parallel qilib 1.5 m 
masofaga kubiklar (5-6 ta) qo‘yiladi. Tarbiyachining ishorasiga ko‘ra birinchi 
turgan o‘ynovchilar to‘pni buyumlar orasidan olib yura boshlaydilar. Ikki-uch 
buyumlar orasidan o‘tishlari bilanoq boshqa bolalar o‘yinga kirishadilar va hokazo. 
Topshiriqni bajarib bo‘lgan har bir bola o‘z qatorining oxiriga borib turadi. 
“To‘p boshlovchiga” 


76 
O‘ynovchilar uch qator bo‘lib saflanadilar. Dastlabki chiziqdan 2 m narida
qo‘lida bittadan katta hajmli to‘p ushlab boshlovchilar turadi. Ular to‘pni qatorda 
birinchi bo‘lib turgan o‘yinchiga otadilar, ular to‘pni ilib olib yana qaytaradilar va 
o‘z qatorlarining oxiriga borib turadilar. Boshlovchi to‘pni keyingi o‘yinchiga 
otadi va hokazo. Topshiriqni birinchi bo‘lib bajargan qator g‘olib bo‘ladi. 
O‘YIN MAShQLARI VA SAKRASHI BO‘LGAN ESTAFETALAR 
 
“Do‘ngdan-do‘nga” 
O‘ynovchilar start chizig‘i oldida uch qator bo‘lib turadilar. Har bir qatordan 
10 m masofada chiziq tortiladi yoki hajmi 25-30 smli tekis gardishlar (6-8 dona) 
tashlab qo‘yiladi. Tarbiyachining buyrug‘iga binoan o‘ynovchilar gardishdan 
gardishga sakray boshlaydilar. Marra chizig‘iga еtib borgach, orqalariga yugurib 
qaytadilar. Sakrashni keyingi qatnashchi boshlaydi.Topshiriqni tez va to‘g‘ri 
bajargan (chetga chiqib ketmagan) qator g‘alaba qiladi. 
“Pingvinlar” 
O‘ynovchilar dastlabki chiziq oldida ikki qator bo‘lib saflanadilar. Birinchi 
bo‘lib turgan o‘ynovchilarda bittadan qum solingan xaltacha bo‘ladi. 
Tarbiyachining ishorasiga binoan xaltachani tizzalarini orasiga qisib olib ikki 
oyoqda gardishgacha sakrab boradilar, keyin uni qo‘llariga olib o‘z qatorlariga 
yugurib kelib xaltachani keyingi o‘yinchiga beradilar. O‘zlari esa qatorning oxiriga 
kelib turadilar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling