O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“To‘p darvozaga” 
Bir nechta buyumlar bilan darvoza belgilanadi. Dastlabki chiziq oldiga yoki 
darvozadan 4-5 masofaga o‘yinchilar kelib turadilar va aniq harakat bilan to‘pni 
darvoza kiritishi uchun tepadilar, so‘ngra mashqni boshqa guruh bolalari bajaradi. 
“Buyumni urib yiqit” 
Dastlabki chiziqdan narida yoki 4 m masofada bir qator kilib keglilar terib 
qo‘yiladi. Yaqinroq masofadan yugurib kelib to‘pni tepib, u bilan buyumni urib 
yiqitish topshirig‘i beriladi. 
“Aniq oshirish” 
O‘ynovchilar juftlarga bo‘linib har bir juftda bittadan to‘p va maydonning 
bir tomonidan ikkinchi tomonga bir biriga o‘ng hamda chap oyoq bilan navbatma-
navbat to‘p oshirib o‘tadilar. 
 
To‘p bilan bajariladigan (basketbol o‘yini elementlari bo‘lgan) o‘yin 
mashqlari 
 
“To‘pni to‘rdan oshirib” 
O‘ynovchilar tarang qilib tortilgan to‘rning ikki tomoniga yoki undan 2-2.5 
m narida joylashadilar va to‘pni turli usullar bilan pastdan, bosh orqasidan 
yuqoridan tashlaydilar 


73 
 
“Yuqoriga otib ilib ol” 
Bolalar maydon bo‘ylab jamlanadilar va to‘pni yuqoriga otib chapak chalib 
ilib oladilar. To‘pni shunday balandlikka otish kerakki, to to‘p tushguncha chapa 
chalib ilib olish mumkin bo‘lsin. 
“To‘pni savatga” 
O‘ynovchilar savat oldida kichikroq yarim doira hosil qilib joylashadilar va 
turli usullar bilan ko‘krakdan ikki qo‘llab, bosh orqasidan, pastdan to‘p 
tashlaydilar. 
 
“To‘p uzatish” 
Bolalar juftlarga bo‘linib, ko‘krakdan ikki qo‘llab bir-birlariga to‘p 
tashlaydilar. To‘pni qo‘l bilan barmoqlarining uchi bilan, ko‘kkrakka yopishtirmay 
ilib olishi kerak. 
“Past-baland” 
To‘pni turgan joydan o‘ng va chap qo‘lda urib turish, bunda to‘pning 
sakrash balandligini o‘zgartirish yoki past-baland qilish lozim. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling