O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Uzatdingmi-o‘tir” 
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar uch-to‘rt qator bo‘lib saflanadilar. Har 
bir qator boshida qo‘lida to‘p ushlagan boshlovchi turadi (o‘ynovchilardan 1-1.5 
metr masofada chiziq chiziladi). 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan boshlovchi navbatma-navbat 
o‘z o‘yinchilariga to‘p tashlaydi. O‘yinchi to‘pni olib, shu zaxotiyoq uni 
boshlovchisiga qaytaradi va (oyoqni chalishtirib) o‘tiradi. Komandaning barcha 
a’zolari topshiriqni bajarib bo‘lgach boshlovchi boshi uzra to‘pni ko‘taradi. 
Tarbiyachi g‘olib komandani aytib o‘tadi. 
SAYR VAQTIDA BAJARILADIGAN SPORT ELEMENRTLARI BO‘LGAN 
O‘YIN VA O‘YIN MASHQLARI. 
To‘p bilan bajaradigan (futbol elementlari bo‘lgan) o‘yin mashqlari 
“Chaqqon bolalar” 


72 
O‘ynovchilar juftliklariga bo‘linib maydon bo‘ylab bir-birlariga halaqit 
bermaydigan holda erkin joylashadilar. Har bir juftda bittadan tup bo‘ladi. To‘pni 
3-m masofada turib bir-biriga o‘ng hamda chap oyoq bilan uzatish topshirig‘i 
beriladi. 
“To‘pni olib yur” 
Har bir o‘yinchida bittadan to‘p bo‘ladi. Bolalar tarbiyachining ishorasiga 
binoan (saf tortib) maydonning bir tomondan ikkinchi tomonga harakatlanib to‘pni 
goh o‘ng, goh chap oyoq bilan o‘zlaridan olislatmay olib o‘tadilar. Birinchi bo‘lib 
marra chizig‘iga еtib borgan o‘yinchining ismi aytib o‘tiladi. Shundan so‘ng 
ikkinchi saf topshiriqni bajarishga kirishadilar. 
“To‘p devoriga” 
O‘ynovchilar kichikroq guruhlarga bo‘linib devor yoki taxta devor oldida
undan 3-4 m masofadan joylashadilar. Har bir bola erkin turganida goh o‘ng, goh 
chap oyoq bilan to‘pni navbatma-navbat devorga tepish mashqini bajaradi. 
“Aniq aylanib” 
Tarbiyachi maydon bo‘ylab turli buyumlarni kubiklar, to‘ldirma tuplar, 
g‘o‘lachalarni tarqatib qo‘yib chiqadi. Bolalar to‘pni ular orasida oyoq bilan to‘p 
olib yuradilar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling