O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Dengiz to‘lqinlanayapti” 
O‘ynovchilar bellarigacha suvga tushib doira xosil qilib turadilar. 
Tarbiyachining “Dengiz to‘lqinlanayapti!” degan ishorasiga ko‘ra qo‘llari bilan 
suvda pastga-yuqoriga harakat qilinadi (tizzalar biroz bukiladi). Keyin “Dengiz 
tinchlandi!” degan ishorasiga ko‘ra tik olinadi. Mashq shu zilda bir necha marta 
ketma-ket bajariladi. 
“Arg‘imchoq” 
Bolalar juft-juft bo‘lib olib, bir-birlariga qarab qo‘llarini o‘zaro ushlab 
turadilar. Tarbiyachining ishorasiga ko‘ra ular suvda navbatma-navbat cho‘qqayib 
o‘tiradilar (boshini suvga botirmay). 
“Poezd еr osti yo‘lida” 
Ikki o‘ynovchi bir-birlarining qo‘llaridan ushlab еr osti yo‘li yasaydilar 
(qo‘llarini yuqori ko‘tarib turadilar). O‘ynovchilar uning tagidan huddi poezd 
singari qator bo‘lib o‘tadilar. Boshlovchi avval poezdni biz tomonga keyin 


75 
ikkinchi tomonga boshlab boradi. O‘yin takrorlanganda boshqa boshlovchi 
tayinlanadi. 
TO‘P BILAN BAJARILADIGAN O‘YIN MASHQLARI VA 
ESTAFETALAR (katta hamda kichik to‘p bilan) 
 
“To‘p maktabi” 
O‘ynovchilar uch-to‘rt qator bo‘lib bittadan katta xajmli to‘p bo‘ladi. Har bir 
qator oldiga gardish qo‘yiladi (hajmi 50 sm). Tarbiyachining ishorasiga binoan 
birinchi o‘ynovchi to‘pni gardish ichiga uradi va uni ikki qo‘lda ilib olish uchun 
o‘zidan keyingi bolaga uzatadi, o‘zi esa yugurib borib qatorning oxiriga borib 
turadi va hokazo. Qatorda birinchi bo‘lib turgan bola yana birinchi bo‘lib qolsa, 
qo‘liga to‘pni olib bosh uzra ko‘taradi. 
“To‘p devorga” 
Komanda uch-to‘rt qator bo‘lib 3 m berida devorga qarab turadilar. Ishoraga 
ko‘ra birinchi bo‘lib turgan o‘yinchilar to‘pni devorga urib, uni еrdan sakrab 
chiqqandan so‘ng ilib oladilar va ikkinchi turgan o‘yinchiga uzatadilar, o‘zlari esa 
yugurib o‘z qatorlarining oxiriga borib turadilar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling