O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“To‘pni o‘z atrofida” 
Bolalar maydon bo‘ylab erkin joylashadilar. Ularga to‘pni turgan joylarida
keyin esa o‘z atrofida o‘ng hamda chap qo‘l bilan navbatma navbat urib yurish 
taklif qilinadi. 
“To‘pni doira bo‘ylab” 
To‘pni doira bo‘ylab ketma-ket o‘ng va chap qo‘lda oldiga hamda еrga urib 
olib yurish. 
“Keglini aylanib o‘t” 
Bolalar uch qator bo‘lib turadilar, har bir qatorining ro‘parasiga bir qator 
qilib 5-6 kegli ko‘yiladi ular orasidagi masofa 1,5-2 m turgan keglilar orasidan 
yugurib o‘tadilar. Kim birinchi bo‘lib tugatsa yutgan hisoblanadi. Tarbiyachi eng 
yaxshi komandani ko‘rsatib o‘tadi. 
 
 
VOLAN VA RAKETKA BILAN BAJARILADIGAN O‘YIN MAShQLARI 
(badminton o‘yini elementlari bilan) 
 
“Yuqoriga otib, ilib ol” 
O‘ynovchilar volanni yuqoriga otib, uni ikki qo‘llab, so‘ngra bir qo‘llab ilib 
olishga harakat qiladilar. 


74 
Keyingi topshiriq – volanni yuqoriga o‘ng yoki chap qo‘l bilan otish va chap 
yoki o‘ng qo‘l bilan ilib olishdir. Volanni bir-biriga 2 m masofadan tashlash va 
ikki hamda bir qo‘l bilan ilib olish. 
“Volanni oshir” 
O‘ynovchilar maydon bo‘ylab erkin joylashadilar va volanni raketka bilan 
uzatib, maydonning bir tomonidan ikkinchi tomoniga o‘tadilar. 
“Volanni urib qaytar” 
O‘ynovchilar bir-birlaridan 2 m uzoqlikda juft juft bo‘lib joylashadilar
ularning har birida bittadan raketka va ikki kishiga bittadan volan. 
O‘ynovchilardan biri volanni tashlaydi, ikkinchisi uni raketka bilan urib qaytaradi, 
so‘ngra ikkinchi o‘yinchi tashlaydi, birinchi o‘yinchi urib qaytaradi. 
SUZIShGA OID O‘YINLAR 
 
“Favvora” 
O‘ynovchilar bir-birlarining qo‘llaridan ushlab (yuza joyda) doira hosil qilib 
turadilar. Bolalar tarbiyachining ishorasiga ko‘ra o‘tiradilar va qo‘llari bilan orqaga 
tayanib, oyoqlarini uzatadilar. Keyingi ishoraga binoan hamma bolalar baravariga 
oyoqlari bilan suv taratayotgan (favvoradek) oldinga – yuqoriga harakat qila 
boshlaydilar (bir maromda nafas olinadi). O‘yinda 5-6 bola qatnashadi. 
“Qutiga” 
Bolalar nafas olib o‘tiradilar va oyoqlari bilan suv tagida shiddat bilan 
itarilib boshni va tizzani ko‘krakka tomon olib boradilar (bunda qo‘l boldirdan 
o‘tkazib ushlanadi) va shu tariqa suv yuziga suzib chiqiladi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling