“Yugurib chiqishga ulgur”
O‘ynovchilar doira hosil qilib turadilar, bolalarning uchdan biri o‘rtada
turadi. Doira bo‘lib turgan bolalar bir birlarinig qo‘lidan ushlab goh o‘ng, goh chap
tomonga yuradilar, so‘ngra tarbiyachining ishorasiga ko‘ra yugurishga o‘tadilar.
O‘rtada turganlar bir maromda chapak chalib turadilar. Tarbiyachining “To‘xa!”
degan ishorasiga ko‘ra bolalar to‘xtab, zanjir qilib ushlagan qo‘llarini yuqoriga
ko‘taradilar. Tarbiyachi uchgachan sanaydi. Bu vaqtda doiraning ichini o‘rtasida
turgan bolalar undan yugurib chiqishga ulgurishlari kerak. “Uch!” sanog‘i aytilishi
bilan bolalar ko‘llarini pastga tushuradilar. O‘yin takrorlaganda o‘rtaga boshqa
bolalar tushadi.
“Kim tezroq”
O‘ynovchilar maydon o‘rtasida ikki qator bo‘lib bir-birlariga orqa o‘girib 1-
2 m narida turadilar. Bir tomonda “o‘yin”chilar, ikkiinchisi “nina”chilar bo‘lib
hisoblanadilar. Tarbiyachi qaysi komandani masalan “ninachilarni” chaqiradi. Ular
tezlik bilan belgilangan chiziq orqasiga qochib utishlari (10-12 m) kerak. Ikkinchi
komanda bolalari orqaga burilib, ularni ushlab olishga intiladi. Ular nechta
o‘yinchi tutsalar, shuncha ochko oladilar.
“Dengiz to‘lqinlayapti”
O‘ynovchilardan boshlovchi tayinlanadi. Boshqa bolalar doira bo‘lib bir-
birlaridan bir qadam narida turadilar va har biri o‘z atrofiga doira chizadi.
Boshlovchi doira bo‘ylab yurib kimningdir yoniga borib to‘xtaydi va “Dengiz
to‘lqinlayapti!” deydi. U bola orqasiga turadi, bolalar bir-birlarining qo‘llaridan
ushlab oyoq uchida yuradilar, so‘ngra doirachilar oralab yugurishga o‘tadilar.
Boshlovchi (yoki tarbiyachining): “Dengiz tinchlandi!”-degan so‘zidan keyin
hamma qo‘lini pastga tushiradi va birorta doirachani egallashga intiladi. Kimki
doirani egallay olmasa, shu bola boshlovchi bo‘ladi.
78
Do'stlaringiz bilan baham: |