O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Gardish bilan estafeta” 
O‘ynovchilar ikki qator bo‘lib saflanadilar (har bir qator oldidan chiziq 
tortiladi). Qatordan 6-8 m masofada bittadan gardish tashlab qo‘yiladi. 
Tarbiyachining “Yugur!” degan ishorasiga binoan qatorda birinchi bo‘lib turgan 
o‘yinchilar gardishga yuguradilar, uni olib yuqoriga ko‘taradilar, so‘ngra uni 
ichidan o‘tib, joyiga qo‘yyadilar va o‘z qatorlari tomon yuguradilar, kelib keyinga 
bolaning qo‘liga qo‘l tekkizib, qatorning oxiriga borib turadilar. Qolgan har bir 
bola ham topshiriqni huddi shu tarzda bajaradi. Mashqni tez tamomlagan komanda 
bolalari g‘olib chiqadilar. 
“Bo‘sh o‘rin” 
O‘ynovchilar katta doira xosil qilib turadilar. Boshlovchi doira tashqarisidan 
yurib, qo‘lini birorta o‘yinchining еlkasiga tegizadi, u esa doira bo‘ylab qarama 
qarshi tomonga yuguradi. Har bir o‘yinchi bo‘sh qolgan joyga borib, uni egallab 
olishga harakat qiladi. Yutqizgan boshlovchi etib tayinlanadi. O‘yinni yaxshisi 
kamroq bolalar bilan o‘tkazgan ma’qul. 
“Ko‘z boylamachoq” 
O‘ynovchilar butun maydon bo‘ylab joylashadilar, o‘rtada esa “ko‘zi 
boylanadigan” turadi. Uning ko‘zi boylanadi va unga bir necha marta aylanish 
taklif qilinadi. So‘ngra barcha bolalar tarqalib ketadilar. Ko‘zi boylangan va unga 
bir necha marta aylanish taklif qilinadi. So‘ngra bir necha marta aylanish taklif 
qilinadi. So‘ngra barcha bolalar tarqalib ketadilar, ko‘zi boylangan ulardan 
birortasini ushlashga harakat qiladi. Agar o‘yin katta maydonda o‘tkazilgan bo‘lsa, 
unda chegara belgilanadi, ya’ni undan tashqariga chiqish man etiladi (chegaradan 
chiqib ketgan bolaning ko‘zi boylanadi) 
Uzoq muddat davomida hech kimni tuta olmagan boshlovchi o‘rniga 
boshqasi tayinlanadi. 
“Ishorani eshit” 
O‘yinchilar doira bo‘ylab yuradilar. Tarbiyachi shartlashilgan ishorani 
beradi (xushtak yoki chapak chaladi). Agar ishora bir marta berilsa, bolalar 
yurishni davom ettiraveradilar, agar ishora ikki marta berilsa, bolalar yugurishga 
o‘tishlari kerak. Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin yutkizganlar hisoblab chiqiladi. 
“To‘hta” 
O‘ynovchilar maydonining bir tomoniga saf tortib turadilar. Qarama-qarshi 
tomonda ularga orqa o‘girib, boshlovchi turadi. U baland ovoz bilan: “Tez yur, 
anqayma, to‘xta!”. O‘ynovchilar har bir aytilgan so‘zda oldinga bir qadam 
tashlaydilar (aytilayotgan tekstga muvofiq bir maromda). 
Ohirgi so‘z aytilganida hamma to‘xtaydi, boshlovchi tezda orqaga qaraydi. 
Kimki o‘z vaqtida to‘xtay olmagan bo‘lsa, orqaga bir qadam qo‘yadi. So‘ngra 
boshlovchi yana tez yur, sekinlash, to‘hta, so‘zini qaytara boshlaydi, bolalar esa 


79 
harakatni davom ettiradilar. Kimki boshlovchi “To‘xta!” degan so‘zni aytguncha 
marra chizig‘idan o‘tib ulgursa, u boshlovchi bo‘lib qoladi. O‘yin takrorlanadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling