O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

 
 
 
Koptokni quvib еt 
Bu o‘yinda bolalar chaqqonlikka va koptokni yumalatib, tutib olishga 
o‘rgatiladi. 
Bolalar maydonchada o‘ynab yurganda, tarbiyachi bir nechta bolani 
chaqirib, koptokni yumalatishni va uni tutib kelishni taklif qiladi. Keyin birin-ketin 
koptokni turli tomonga yumalatadi. Bola koptok ketidan yugurib, uni tutib oladi va 
tarbiyachiga keltirib beradi. Tarbiyachi koptokni bir gal boshqa tomonga otadi, 
lekin uni endi boshqa bola olib keladi. 
Uch yashar bolalar tarbiyachi otgan koptokning orqasidan yuguradilar. 
Shundan keyin o‘yinga bolalarning boshqa guruhi jalb qilinadi. O‘yinda bir yo‘la 
8-10 nafar bola ishtirok etishi mumkin. Bolalarning baravar yugurishni uchun 
hamma koptoklarni birdan otish kerak. Koptok o‘rniga rezina halqacha, qum 
solingan xaltachalardan ham foydalanish mumkin. 


87 
So‘qmoq bo‘ylab 
O‘yindan maqsapd bolalarni ko‘pchilik bo‘lib yurishga, chiziq orqasidan 
chiqib ketmaslikka o‘rgatishdir. 
Tarbiyachi polga ikkita yonma-yon chiziq chizadi (yoki orasini 20-25 sm 
qilib ikkita 2,5-3 metrli arqon tashlaydi). Va bolalarga hozir o‘rmonga o‘ynagani 
borishlarini aytadi. Bolalar o‘rmonga uzun so‘qmoq yo‘ldan ehtiyot bo‘lib 
boradilar, ya’ni bir-birlarining orqalaridan ikki chiziq orasidan sekin yuradilar. 
Keyin shu yo‘ldan qaytib keladilar. 
Tarbiyachi 
bolalarning 
chiziqni 
bosmasliklarini, 
bir-biriga 
xalaqit 
bermasliklarini, oldinda borayotganlarga urilib ketmasliklarini kuzatib, ular bilan 
o‘yin oxirigacha birga bo‘lish kerak. 
Kim sekinroq 
Bu o‘yinda bolalar diqqatni rivojlantirishga, aytilgan so‘zlarga mos harakat 
qilishga odatlantiriladi. 
Bolalar tarbiyachilar bilan birga boradilar. Kutilmaganda tarbiyachi bunday 
deydi: “Qani, kim sekin-sekin yurishni yaxshi bilar ekan, oyoq uchlarida mana 
bunday yuring” (ko‘rsatadi). Bolalar oyoq uchlariga ko‘taradilar va mumkin qadar 
sekin yurishga harakat qiladilar. Qaysi tomonga qarab ketayotgan bo‘lsalar, o‘sha 
yo‘nalishda yo‘lni davom ettiradilar. Keyin tarbiyachi bildirmasdan chetga chiqib 
oladi-da: “Endi esa hamma mening oldimga yugurib kelsin”, deydi. Bolalar 
tarbiyachining oldiga yugurib kelib, uni o‘rab olishadi. Tarbiyachi bolalar bilan 
gaplashadi mashqni g‘ayrat bilan yaxshi bajargaliklarini ta’kidlab o‘tadi. 
Uch yoshdagi ayrim bolalar oyoq uchida yurgan vaqtlarida boshlarini 
g‘ayritabiiy engashtirib, uni еlka tomonga qisib yuradilar. Bunday holatda ular 
sekinroq yurayotganga o‘xshaydilar. Bolalarga bunday harakatlarni ko‘rsatib, 
ularni tuzatishga harakat qilish kerak. Oyoq uchida yurish tovon-to‘piqlarni 
mustahkamlaydi, shu sababli u bolaning jismoniy rivojlanishi uchun juda foydali 
mashq hisoblanadi. Biroq bolalarni bu mashqni uzoq vaqt bajarishga majbur qilib, 
ularni toliqtirib qo‘ymaslik kerak. O‘yin 3-4 marta takrorlanadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling