O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

 
Chumchuqlar va avtomobil 
O‘yinning maqsadi bolalarni turli yo‘nalishda bir-birlariga urilmasdan 
harakat qilishga va yo‘lni o‘zgartirib, o‘z joyini topib olishga o‘rgatishdan iborat. 


85 
Bolalar maydoncha yoki xonaning bir tomoniga qo‘yilgan o‘rindiqlarda 
o‘tiradilar. Bolalar chumchuqlar bo‘ladi, o‘rindiqlar esa in vazifasini bajaradi. 
Ikkinchi tomonida turgan tarbiyachi avtomobilni ifoda etadi. U “Qani 
chumchuqlar, yo‘lga uchib tushamiz”, deydi. Shunda bolalar maydoncha bo‘ylab 
huddi chumchuqqa o‘xshab qo‘llarini qanot qilib, qoqib yuguradilar. Oradan bir oz 
vaqt o‘tgach, tarbiyachi: “Ehtiyot bo‘linglar, avtomobil kelayapti. Qani qushchalar 
in-inlaringizga qochinglar”, deydi (1-rasm). Avtomobil garajdan chiqib, 
chumchuqlarga qarab yuguradi. Chumchuqlar inlariga qarab uchadilar (ya’ni 
joylariga borib o‘tiradilar). Avtomobil esa garajga qaytadi. 
Dastlab o‘yinda 10-12 bola, keyin butun guruh qatnashadi. Tarbiyachi oldin 
chumchuqlarning qanday uchishini, qanday don cho‘qishini ko‘rsatib beradi. 
Bolalar chumchuqlarga taqlid qilib tarbiyachining harakatlarini takrorlaydilar. 
Keyin o‘yinga avtomobilni tarbiyachining o‘zi ishga bog‘lab sudrab yuradi. Faqat 
o‘yinni bir necha marta takrorlangandan keyingina harakatchanroq bir bolaga 
avtomobilni olib chiqish va yurishni topshirish mumkin. Eslatib qo‘yish joizki, 
qushchalar o‘z inlariga еtib olishlari uchun avtomobil juda tez yurmasligi kerak. 
Poezd 
O‘yiinning maqsadi bolalarni bir nechtada bo‘lib, avval bir-birining 
orqasidan ushlab, keyinchalik ushlamasdan yurishga va to‘xtatishga o‘rgatishdan 
iborat. 
Tarbiyachi bolalarga bir-birlarining orqasidan turishni taklif qiladi: 
“Sizlar vagonchalar, men parovoz bo‘laman”, deb o‘zi bolalarninig oldiga borib 
turadi (2-rasm). Parovoz hushtak chaladi-da, dastlab asta harakatlanib, so‘ng tez 
yurib ketadi (tarbiyasi “du-du-du” deb ovoz chiqaradi, bolalar uning ketidan 
qadamlarini asta tezlatib, keyin yugurib ketadilar). So‘ngra tarbiyasi harakatini 
sekinlashtirib, asta-sekin to‘xtaydi va: “Poezd bekatga еtib keldi. Mana, bekat”, 
deydi. U yana hushtak chalib yurib ketadi. 
Dastlab besh-oltita bola ketma-ket turadi, qolganlari stulchalarda o‘tirib 
tomosha qilishadi. O‘yin takrorlanganda bolalar soni 12-15 kishiga еtishi mumkin. 
O‘yin ko‘p marta takrorlangandan so‘ng, eng chaqqon bolaga pravoz bo‘lishni 
topshirish mumkin. Vagonlar bir-biridan uzilib qolmasligi uchun parovoz (ya’ni, 
parovoz vazifasini o‘tovchi kishi) juda tez yurmasligi kerak. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling