Oqlar va qoralar
Bir necha kishilik ikki jamoa bir-biriga qarama-qarshi bo‘lib
turadilar. Boshlovchi bir tomoni qora, boshqa tomoni oq karton
diskni otadi. Karton diskning qora yoki oq tarafi tushishiga qarab,
birinchi jamoa ikkinchi jamoani tuta boshlaydi. Qochayotganlar
chizib qo‘yilgan chiziqdan o‘tib ketishga harakat qiladilar. Qaysi
guruhning hisobida tutib olingan raqiblarning soni ko‘p bo‘lsa, shu
jamoa g‘olib hisoblanadi.
O‘yin qoidalari. Raqiblarni faqat boshlovchining “Oqlar!”
yoki “Qoralar!” deyishi bilan tuta boshlash kerak. Qochayotganlarni
faqatgina chizilgan chiziq ichida tutish mumkin. Chiziqning
tashqarisidagilar hisobga olinmaydi.
Toshlarni yig‘
O‘yinchilar ikki jamoaga bo‘linishadi. Ikki tomonda ikkita krusicha turadi,
ularning ustida toshlar turadi, ikkalasida ham toshlar soni bir xil bo‘lishi kerak.
Ikkala jamoadan bittadan bola chiqib to‘pni qo‘liga oladi va bir vaqtda kuchi
boricha tepaga otadi, to‘p to еrga kelib tushgunicha kursicha ustidagi toshlarni
yig‘ishi lozim. Kim ko‘p tosh yig‘sa o‘sha g‘olib chiqadi va navbat boshqa ikki
o‘yinchiga beriladi. Yakunda umumjamoa yutug‘i hisoblanib, bir jamoaga
g‘oliblik beriladi.
Tayoqni otish
Maydonchaga chiziq tortiladi. Ikkita o‘yinchi qo‘llarida
o‘rtacha tayoqcha bilan chiziqqa orqa bilan turishadi. Tayoqni
tepasidan ushlab, bir uchini oyoqlari ustiga qo‘yishadi, oyoq еrda
turadi. Keyin oyoqning kuchli siltanma harakati bilan tayoqni
iloji boricha uzoqroqqa irg‘itishadiyu Kimning tayog‘i uzoqroqqa
borsa, shu bola o‘sha joyga borib turadi va yutqizgan bola
tayog‘ini otga o‘xshab minib oladi va uzoqroqda turgan bolani
quvlaydi.
O‘yin qoidalari. Yugurishni faqat tarbiyachi ishorasiga binoan boshlash
kerak.
93
Do'stlaringiz bilan baham: |