O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Ro‘molchani ber 
Ishtirokchilar bir-biriga qarama-qarshi turgan 
holda ikki guruhga bo‘linishadi. Hamma qo‘lini 
orqasiga qo‘yadi. Markazda bitta o‘yinchi turadi. Har 
ikkala jamoadan bittadan o‘yinboshi tanlanadi va unga 
ro‘molcha beriladi. O‘yinboshi o‘z jamoasi o‘yinchilari 
orqasidan sekin o‘tib, bildirmasdan o‘yinchilardan 
birining qo‘liga dastro‘molni tutqazadi. 
Shundan so‘ng, o‘rtada turgan o‘yinchi buyruq 
beradi: “Ro‘molni ber!”. Bolalar qo‘lidagi ro‘molchani
yugurib borib o‘rtadagi o‘yinchiga ro‘molchani qo‘liga 
berishlari kerak. Ro‘molchani birinchi bo‘lib bergan 
o‘yinchi g‘olib bo‘ladi. Yakunda eng ko‘p ochko 
yiqqan jamoa g‘olib sanaladi. 
O‘yin qoidalari. Ro‘molchani faqat buyruqdan 
keyin 
olib 
borish 
kerak. 
Ro‘molchani 
qo‘lga 
berolmagan yoki tushirib yuborgan o‘yinchi birinchi еtib borganiga qaramay 
yuqazadi. 


96 
Tangani ko‘tar 
Maydonning 
ikkita 
tomoniga 
start 
chizig‘idan 
finishgacha 
bo‘lgan 
ikkita 
parallel chiziq chiziladi. Maydon 
bo‘ylab bir nechta tangalar 
sochib yuboriladi. O‘yinchilar 
chiziq 
bo‘ylab 
saf 
tortib 
turishadi. Tarbiyachi buyrug‘i 
bilan bolalar otni minganday 
finish chizig‘i tomon chopishadi va ortga huddi shu tarzda qaytishadi. Yuugura 
turib, ular to‘xtamasdan engashib, еrdagi tangalarni terib olishadi. Kim ko‘p tanga 
yig‘sa, o‘sha bola g‘olib hisoblanadi. 
O‘yin qoidalari. O‘yinni faqat tarbiyachi buyrug‘i bilan boshlash kerak. 
O‘yin davomida bolalar bir-birlarini turtmasdan yugurishlari shart. Tangani 
ko‘tarayotganda joydan turish mumkin emas. 
 
Ayoz 
Tarbiyachi sanoq bilan o‘rtaga Ayoz boboni tayinlaydi. U 
markazda, qolganlar atrof bo‘ylab turadilar. Tarbiyachining : 
“Ayoz kelayapti!” degan ogohlantirishidan so‘ng barcha bolalar 
turli tomonlarga qarab qochishadi. Ayoz esa ularni quvib еtishga 
va qo‘li bilan tegib ularni muzlatib ko‘yishga harakat qiladi. 
Muzlatilgan bola o‘sha joyida qotib turadi. 
O‘yin qoidalari. Faqatgina tarbiyachining gapidan 
so‘nggina turli tomonlarga qochish mumkin. Qotib turgan 
bolalar o‘yin yana boshidan boshlanmaguncha qaytadan o‘yinga 
tushmaydi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling