O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Epchil quyon 
Bu o‘yinda 14-15 nafar bola qatnashadi. Maydonning o‘rtasidan orasi 60-70 
sm bo‘lgan ikkita chiziq chiziladi. Ikki bola bo‘ri vazifasini o‘taydi, qolgan bolalar 
quyon bo‘lib shu chiziqdan o‘tishi kerak. Bo‘ri chiziqchada turadi. Bo‘rilarga 
tutilmay o‘tgan quyon “epchil quyon” hisoblanadi. 
Yalt etdi 
O‘yinda bir necha bola ishtirok etishi mumkni. Ular chordona qurib aylana 
bo‘lib o‘tiradilar. Ikkita o‘yinboshi saylanadi. O‘yinni qaysi o‘yinboshi birinchi 
bo‘lib boshlashi kerakligi chek tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Birinchi 
o‘yinboshining qo‘lida tugma yoki munchoq bo‘ladi. Bolalar qo‘llarini hovuch 
qilib oldinga uzatib turadilar. O‘yinboshi ularning qo‘liga qo‘lini tekkizib, tanlagan 
bolaga o‘sha narsani tashlab ketadi. Bolalar qo‘llarini berkitadilar. Ikkinchi 
o‘yinboshi shu narsaning kimda ekanligini topishi kerak. Narsa shuning qo‘lida 
deb gumonlagan bolaning yoniga borib “yalt etdi” deydi. Agar unda bo‘lmasa, 
o‘yinboshilikni o‘sha bola bilan almashadi. O‘yin davom etadi. Ikkinchi 
o‘yinboshi berkitilgan narsaning kimdaligini topsa, birinchi o‘yinboshi o‘rin 
almashadi. O‘yinboshi bergan narsa shu bolada saqlanishi kerak. Ikkinchi bolaga 
uzatib yuborish o‘yin qoidasini buzish hisoblanadi. 
Murojaat qilgan bola kaftini ochib darhol ko‘rsatishi shart. 
Tosh qo‘ydi 


98 
Tosh qo‘ydi o‘yini asosan yoz oylarida o‘ynaladi. Bolalar uzun o‘rindiqda 
tizilib o‘tiradilar. Xohishga qarab ikki o‘yinchi saylab olinadi. Biri topuvchi, 
ikkinchisi toshni yashiruvchi bo‘ladi. Topuvchi teskari qarab, ko‘zlarini berkitib 
turadi. Yashiruvchi toshni o‘tirganlardan biriga beradi. Shu payt hamma bir xil 
vaziyatda: kulib yoki jiddiyroq bo‘lib o‘tiradi. Tosh yashiruvchi topuvchiga qarab: 
“Oy pishdi, pashsha tushdi!” deb aytadi. Topuvchi o‘tirganlardan birini ko‘rsatadi. 
Agar toshcha topuvchi ko‘rsatgan bolada bo‘lsa, chiqarib beradi, agar boshqa bola 
qo‘lida bo‘lsa, u yashiruvchiga beradi. 
Soloy-soloy 
O‘yinda qatnashadigan bolalar doira shaklida qo‘lini orqasiga qilib 
o‘tiradilar. Ulardan biri qo‘liga ro‘molcha olib: “Soloy, soloy, kimga soloy, sochi 
uzun qizga soloy!” deb atrofida aylanadi va o‘tirganlardan birining orqasiga 
tashlab ketadi. Orqasiga ro‘molcha tushganini bilmay qolgan bola davra o‘rtasiga 
tushib o‘ynab beradi. Agar bilib qolsa, ro‘mol tashlagan bolaning orqasidan 
quvadi. Qochgan bola quvganning o‘z joyiga kelib o‘tirishiga ulgurmasdan еtib 
olib ro‘mol bilan urishi kerak. 
Aylana o‘rtasini kesib o‘tish mumkin emas. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling