O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Sho‘x koptokcham 
Bolalar xonaning yoki maydonchaning bir tomoniga qo‘yilgan stullarda 
o‘tirishadi. Tarbiyachi ulardan sal nariroqda turadi, koptokni qo‘l bilan urib, uning 
qanday еngil va baland uchini ko‘rsatib beradi. Shu paytda u Zafar Diyorning 
quyidagi qo‘shig‘ini aytadi: 
To‘pim to‘p-to‘p etasan, 
Ursam uchib ketasan. 
Hakkalanib nariga- 
Do‘stlarimga еtasan. 
Keyin 2-3 ta bolani chaqirib koptokni ushlab turgan holda irgishlab 
sakrashni taklif qiladi. Tarbiyachi boyagi qo‘shiqni aytib, koptok bilan yana 
mashqni takrorlaydi. Qo‘shiqni aytib bo‘lgach, bolalarga qarab, “Hozir sizlarga 
еtib olaman!” deydi. Bolalar sakrashdan to‘xtab, turib olmoqchiga o‘xshab harakat 
qilayotgan tarbiyachidan nariroqqa qochib ketadilar. 
O‘yinni takrorlash paytida tarbiyachi ko‘proq bolalarni chaqiradi. O‘yinni 
yakunlar ekan, tarbiyachi hamma bolalarga barvardan koptokka o‘xshab sakrashni 
taklif qiladi. Bunda tarbiyachi qo‘shiqni bolalarning sakrash sur’atiga qarab tez 
aytadi (bu sur’at ancha tezdir). Agar bolalar koptokka o‘xshab sakrashni 
bilmasalar, ularga buning qanday bo‘lishini ko‘rsatib berishi zarur. 
Oq quyonim alomat 
Bolalar xonaning yoki maydonchaning bir tomonga qo‘yilgan stullarda yoki 
skameykalarda o‘tirdailar. Tarbiyachi ularga “hozir hammangiz quyon bo‘lasizlar”, 
deydi va “o‘tloqqa” yugurib chiqishni taklif qiladi. Bolalar xonaning o‘rtasiga 


99 
chiqadilar va tarbiyachining yonida davra qurib turadilar. Keyin cho‘qqayib 
o‘tiradilar. Tarbiyachi shunday she’r o‘qiydi: 
Oq quyonim alomat, 
Otini qo‘ydim Salomat. 
Shalpangquloq quyonim, 
Juda-juda alomat. 
Bolalar qo‘llarini boshlariga ko‘tarib, quyonning qulog‘iga o‘xshatib, 
barmoqlarini qimirlatadilar. Tarbiyachi she’r o‘qishda davom etadi: 
Quyonim qotib qopti, 
Oyoq-qo‘li isitsin, 
Tap-tap-tap-tap, 
Tap-tap-tap 
Oyoq qo‘lim isitsin. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling