O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Oq quyonim alomat 
Bolalar xonaning yoki maydonchaning bir tomoniga qo‘yilgan stullarda yoki 
skameykalarda o‘tiradilar. Tarbiyachi ularga hozir hammangiz quyon bo‘lasiz, 
deydi va “o‘tloqqa” yugurib chiqishni taklif qiladi. Bolalar xonaning o‘rtasiga 
chiqadilar va tarbiyachining yonida davra qurib turadilar. Keyin cho‘qqayib 
o‘tiradilar. Tarbiyachi shunday she’r o‘qiydi: 
Oq quyoiim alomat, 
Otini quydim Salomat. 
Shalpangquloq quyonim 
Juda-juda alomat. 
Bolalar qo‘llarini boshlariga ko‘tarib, quyon qulog‘iga o‘xshatib, 
Barmoqlarini qimirlatadilar. Tarbiyachi she’r o‘qishda davom etadi: 
Quyonim qotib qopti, 
Oyoq-qulini isitsin. 
Tap-tap-tap-tap, 
Tap-tap-tap 
Oyoq qo‘lini isitsin.
Bolalar “tap-tap” so‘zini eshitishlari bilan chapak chala boshlaydilar va sher 
tugaguncha chapak chalib turadilar. 
Tarbiyachi yana she’r o‘qiydi: 
Bir joyda turaverib, 
Quyon titrar sovuq еb. 
Endi sakrab o‘ynasin, 
Sakrab- sakrab quvnasin. 
Bolalar “sakrab-sakrab” so‘zini eshitishlari bilan ikki oyoqlab, irg‘ishlab 
sakray boshlaydilar. Sakrashni she’r tamom bo‘lguncha davom ettiradilar. 
Tarbiyachi: 
Kimdandir cho‘chib ketdi 
Kuyonjon qochib ketdi,— 
deydi va ayiq polvonni ko‘rsatadi, bolalar qochib borib, o‘z joylariga turib 
oladilar. 
O‘yinni bolalar bilan istagancha o‘tkazish mumkin. O‘yin (boshlanishidan 
oldin quyonlar yashirinadigan joyni albatta tayyorlab qo‘yish kerak. O‘yin boshida 
she’rga binoan mashqni hamma bolalar baravar bajaradilar. O‘yin ko‘p marta 
takrorlangandan keyin bironta bolani quyoncha qilib tayinlash va uni doira 
o‘rtasiga turg‘izib qo‘yish mumkin. She’r tamom bo‘lgandan so‘ng bolalar 


106 
orqasidan tez yugurmaslik, ularga o‘z joylarini topib olishlari uchun imkon berish 
kerak. Kichkintoylardan albatta o‘zining joyini topib olish talab qilinmaydi
ularning har biri bo‘sh joyni topib o‘tirishi mumkin. O‘yin muntazam o‘tkazib 
turilganda ular o‘z joylarini yaxshi eslab qoladilar. Bolalarning bu ishini qo‘llab-
quvvatlab, rag‘batlantirib turish kerak. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling