O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Indagi qushchalar 
Bu o‘yinda bolalar har xil yunalishda harakatlarni o‘zgartirnb, o‘z joylarini 
topib olishga o‘rganadilar. 
Bolalar sal teparoq joyga — taxta, kubik, xodacha (balandligi 10 sm) ustiga 
chiqib turadilar. Bu narsalar xonaning yoki maydonchaning bir tomoniga qo‘yilgan 
bo‘ladi. Tarbiyachi: “Ko‘chada quyosh charaqlab turibdi, hamma qushlar inlaridan 
uchib chiqib, don-dun, non-ushoq qidirishyapti”,— deydi. Bolalar tepalikdan 
sakrab tushib, qo‘llarini qanot qilib, lipillatib yugurib ketadilar — uchadilar. Ular 
cho‘qqayib o‘tirib, don cho‘qilaydilar (barmoq uchlari bilan tizzalarining ko‘ziga 
uradilar). Tarbiyachining: “Yomg‘ir yog‘ib ketdi. Hamma qushlar inlariga 
yashirinib olishdi”, deyishi bilan bolalar yugurib borib, joy-joylariga turib olishadi. 


104 
O‘yinni o‘tkazishdan oldin bolalarning hammasiga еtarli miqdorda taxtacha,
kubiklar tayyorlab ko‘yish kerak. Bolalar bir- birlariga xalaqit bermasdan joylarini 
egallab olishlari uchun bu narsalarni oralatib, maydonning yoki xonaning bir 
tomoniga qo‘yish lozim. Tarbiyachi qanday qilib еngil sakrab tushish 
mumkinligini ko‘rsatib beradi: agar zarur bo‘lib qolsa, tarbiyachi yugurib kelgan 
bolalarga ular tepalikka chiqib olishlari uchun yordam beradi. O‘yinni takrorlash 
vaqtida signal bir so‘z bilan “Quyosh!”, “Yomg‘ir!”—deb berilishi mumkin. 
Tovush qayerdan kelyapti! 
Bolalar xonaning bir tomonida guruh bulib o‘tiradilar yoki tik turadilar. 
Tarbiyachi ularga devorga qarab turishni va o‘girmaslikni taklif qiladi. Shu payt 
enaga qo‘liga qo‘ng‘iroq olib, xonadagi shkaf orqasiga yashirinadi. Tarbiyachi 
bolalardan qo‘ng‘iroq qayerda jiringlayapti, deb so‘raydi. Bolalar buni qidirib
tovush kelayotgan tomonga yugurib ketadilar. Topganlaridan keyin yana tarbiyachi 
yoniga qaytib keladilar. Enaga boshqa joyga yashirinadi. O‘yin takrorlanadi. 
Enaga qayerga yashirinayotganini sezib qolmasliklari uchun tarbiyachi 
bolalarni chalg‘itib turadi. U bolalarni o‘ziga yaqinroq kelishga undaydi. 
Qo‘ng‘iroqni avvaliga sekinroq, keyin qattiqroq jiringlatish kerak. O‘yin bir necha 
marta takrorlangandan keyin enaganing o‘rniga biror bolani qo‘yish mumkin. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling