O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Koptokni ilib ol 
Boladan 1,5—2 m narida katta kishi turadi. U koptokni bolaga irg‘itadi, u esa 
orqaga qaytaradi. Bu paytda katta kishi: “Ilib ol, menga tashla, tushirib yuborma!” 
— deydi. Har bir so‘zni aytganda bir martadan koptok irg‘itiladi. Kichkintoy 
koptokni bemalol ilib olishga va uni shoshilmasdan irg‘itishga ulgurishi uchun 
so‘zlarni shoshilmasdan, cho‘zib aytish kerak. 
Koptokni ilib olib va irg‘itish malakasini egallab olishiga qarab bola bilan 
katta kishi orasidagi masofani uzaytirish mumkin. Agar ikkita bola o‘ynayotgan 
bo‘lsa, katta kishi ular yaxshiroq irg‘itishlarini va ilayotganda uni ko‘kraklariga 
bosib olmasliklarini kuzatib turadi. 
Toping-chi, nima qichqiryapti! 
Bolalar doira markaziga orqa o‘girib davra qurib turadilar. Tarbiyachi doira 
ichida bo‘ladi. U o‘yinda bir bolani еtakchi qilib tayinlaydi. Boshlovchi ham 
doiraning o‘rtasiga turib oladi va qandaydir bironta uy hayvoni yoki quyon 
ovoziga taqlid qilib qichqiradi. Shundan keyin hamma bolalar doira ichiga tomon 
o‘giriladilar. Tarbiyachi kimga taklif qilsa, o‘sha bola hozir nima qichqirganligini 
topadi. So‘ngra yangi boshlovchi tayinlanadi. O‘yin 5—6 marta takrorlanadi. 
Agar bola qanday hayvon yoki qush ovoziga taqlid qilishni bilmay qiynalsa, 
tarbiyachi unga yordam beradi, aytib turadi. 
Yashirilgan narsa nima? 
Bolalar davra qurib yoki bir qator bo‘lib saf tortib turadilar. Tarbiyachi polga 
bolalar ko‘z o‘ngida 3—5 buyum (kubcha, bayroqcha, shiqildoq, koptok va 
boshqalar) qo‘yadi va ularni eslab qolishni taklif qiladi. Keyin tarbiyachining 
ishorasiga qarab bolalar doira markaziga orqa o‘girib buriladilar yoki devorga 
qarab turadilar. Tarbiyachi bitta yoki ikkita buyumni olib, yashirib qo‘yadi va: 
«Qaranglar»,— deydi. Bolalar burilib doira markaziga qaraydilar va buyumlarni 
diqqat bilan ko‘zdan kechiradilar, ular orasida nima yo‘qligini o‘ylaydilar. 
Tarbiyachi navbat bilan ayrim bolalar oldiga keladi. Ular qanday narsalar 
yashirilganini shivirlab aytadilar. O‘yinda qatnashayotgan bolalarning ko‘pchiligi 


111 
yashirilgan narsalarni to‘g‘ri topgandan keyin tarbiyachi ularni hammaga eshittirib 
aytadi. O‘yin 4—5 marta takrorlanadi. 
Agar o‘yinda o‘yinchoqlardan foydalanilayotgan bo‘lsa, yaxshisi bir xil 
o‘yinchoqlarni—yo hayvonlarni, yoki qushlarni, yohud daraxtlarni aks ettirgan bir 
xil o‘yinchoqlarni tanlagan ma’qul. O‘yinda asosiy ranglarni (qizil, sariq, ko‘k, 
yashil) bir-biridan farqlash malakasini mustahkamlash mumkin. Buning uchun har 
xil rangdagi kubchalar, bayroqchalar, halqalar tanlanadi. O‘yinni quyidagi tartibda 
ham o‘tkazish mumkin: tarbiyachi buyumlarni yashirayotganda faqat bir bola 
yuzini o‘girib turadi. Keyin shu bolaning o‘zi qanday buyum yashirganligini 
topadi. Boshqa bolalar unga aytib bermasliklari kerak. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling