109
qarshi tomonda qorovulning uyi bo‘ladi (tarbiyachi o‘tirgan stul).
Uy bilan
quyonlar ini o‘rtasida o‘tloq bo‘lib, quyonlar shu еrga chiqib o‘ynashadi.
Tarbiyachi ishtirok etuvchi bolalarni 3—4 tadan qilib guruhga bo‘lib chiqadi.
Har bir guruh polga chizilgan doirachalarning bittasini egallaydi. Bolalar
tarbiyachining ko‘rsatmasi bo‘yicha cho‘qqayib o‘tiradilar (quyonlar
inida
o‘tiradi). Tarbiyachi navbat bilan inlar oldiga kelib, quyonlarni o‘tloqqa qo‘yib
yuboradi. Quyonlar birin-ketin qo‘l
tagidan emaklab chiqadilar, so‘ng yugurib
ketadilar va o‘tloqda irg‘ishlab sakrab o‘ynaydilar,
Oradan bir minutcha vaqt
o‘tgandan keyin tarbiyachi: “Kataklaringizga yuguring”,— deydi. Quyonlar
uylariga shoshiladilar. Har biri o‘z
qafasiga qaytib, yana stul ostidan emaklab
o‘tadi. Quyonlar qorovul ularni yana o‘ynagani
chiqarib yubormaguncha
kataklarida o‘tiraveradilar. O‘yin 4—5 marta takrorlanadi.
Stullar o‘rnida yoylardan foydalanib, ularning tagidan emaklab o‘tish mumkin.
Yeylar o‘rnida ustunga o‘rnatilgan tekis yog‘och yoki tarang qilib tortilgan chilvir
tagidan o‘tish ham mumkin.
Maymunchalar
Tarbiyachi bolalarga bittadan yoki ikkitadan bo‘lib gimnastika narvonchasiga
yaqinlashishni taklif qiladi. Bular maymunchalar bo‘ladi. Boshqa bolalar
maymunchalarning daraxtlardan qanday qilib meva terishayotganini o‘tirib yoki tik
turib tomosha qiladilar. So‘ngra daraxtga boshqa maymunchalar chiqishadi.
Bolalar narvonchaga qo‘rqmasdan chiqib-tushishni o‘rganib
olganlaridan
keyin gopshiriqni murakkablashtirish kerak. Buning uchun gimnastika
narvonchasining
bir qismidan ikkinchi qismiga, ya’ni daraxtdan-daraxtga o‘tish
taklif qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: