O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 3.34 Mb. Pdf ko'rish
|
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzun ilon izi bo‘ylab
- Yugurib keling oldimga
Ko‘prikcha ustidan
Tarbiyachi еrga ikkita chiziq chizadi (xona ichida esa arqonchadan foydalanish mumkin), chiziqlar anhor vazifasini o‘taydi. So‘ngra uning ustidan uzunligi 2—-3 m, kengligi 25—30 sm keladigan taxta qo‘yadi, bu esa ko‘prik bo‘ladi. Bolalar anhorning bir tomonidan ikkinchi tomoniga ko‘prik orqali o‘tishlari shart. Tarbiyachi bolalarga ko‘prik ustidan asta-sekin yuring, bir- biringizning oyog‘ingizni bosib olmang va oyoqlaringizni «ho‘l» qilmasdan yuring, deydi. Hamma bolalar anhorning ikkinchi tomoniga o‘tib bo‘lganlaridan keyin ularga shu еrda o‘ynab, sayr qilishni, gullar terishni, еrga yoki pol ustiga sochib tashlangan har xil rangdagi qiyqimlarni terib olishni taklif qiladi. Tarbiyachining signali byicha kichkintoylar ko‘prik orqali yana o‘z joylariga qaytib keladilar. Mashqlarni takrorlash vaqtida uni bir oz murakkablashtirish mumkin. Buning uchun taxtaning tagiga 2—3 ta taxta qo‘yib, 10 sm baland ko‘tariladi. Shundan so‘ng bolalar ko‘prik ustidan yugurib o‘tishlari mumkin. Uzun ilon izi bo‘ylab Tarbiyachi еrga yoki polga uzunligi 5—6 metrli arg‘amchini cho‘zib qo‘yadi, bu yo‘lakchadan bolalar oxirigacha yurib o‘tishlari mumkin. Agar yo‘lakchaning boshqa tomoniga bolalarni jalb qiladigan narsalar: ayiqcha, qo‘g‘irchoq, shiqildoq, qushcha va boshqalar qo‘yilsa, bolalar mashqlarni qiziqib bajaradilar. Yo‘lakchaning oxirida nima yotganligiga qarab, vazifa beriladi: masalan, ayiqchaning oldiga borib uni silash, qushchaga don berish, shiqildoqni shiqillatish. Tarbiyachi bolalarning arqonchani bosishga harakat qilayotganlarini kuzatishi kerak. Agar biror bola arqonchani bosishga qiynalayotgan bo‘lsa, tarbiyachi uning qo‘lidan ushlab, yordamlashishi mumkin. Bolalar osoyishta, shoshilmasdan yurib borishlari kerak. Yugurib keling oldimga Bolalar maydon yoki xonaning bir tomoniga qator terib quyilgan stullarda o‘tiradilar. Tarbiyachi qarama-qarshi tomonda turadi. U: “Yugurib keling oldimga, hammangiz-hammangiz, yugurib keling oldimga!” — deydi. Bolalar tarbiyachiga qarab yugurishadi. Tarbiyachi ularni quchib olmoqchi bo‘lganday qulochini keng yozib kutib oladi. Hamma bolalar tarbiyachi yoniga to‘planadi. So‘ng tarbiyachi maydonchaning narigi tomoniga ketadi va yana: “Yugurib keling oldimga!”— deydi. O‘yin 4—5 marta takrorlanadi. Tarbiyachining: “O‘yingizga yuguring!” degan so‘zlarini zshitgan bolalar shu zahoti o‘z stullariga qarab yuguradilar va 107 o‘tirib, dam oladilar. O‘yin qoidasiga binoan tarbiyachining “Yugurib keling oldimga!” degan so‘zlaridan keyingina uning oldiga yugurib borish mumkin. Yugurganda bir-biriga urilib, xalaqit bermaslik kerak. O‘yinda qatnashishni istagan bolalarni ikkita kichkina guruhga bo‘lish mumkin: birinchi guruh o‘ynayotgan vaqtda ikkinchisi tomosha qilib turadi. Keyin ular vazifalarni almashadilar. Dastlab bolalar xohlagan stulni egallashlari mumkin, so‘ngra esa asta-sekin o‘z joylarini topishni o‘rganib oladilar. O‘yinni takrorlash vaqtida stullarni xonaning turli tomonlariga qo‘yib chiqish mumkin. Download 3.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling