O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

O‘z rangini top
Tarbiyachi bolalarga 3-4 xil rangdagi qizil, ko‘k, sariq, yashil bayroqchalar 
tarqatadi. Bayroqchalari bir xil bo‘lgan bolalar “omlming turli burchaklarida-
tarbiyachi oldindan belgilab qo‘yilgan o‘z bayroqchalari rangidagi tegishli bayroq 
oldida to‘planadilar. Tarbiyachining: “O‘ynab kelinglar” signali buyicha bolalar 
maydoncha (xona) ning turli tomonlariga tarqalib ketadilar. Tarbiyachi: “O‘z 
rangingni top” degan vaqtda bolalar tegishli rangdagi bayroq yonida to‘planadilar. 
Tarbiyachi qaysi guruh oldinroq to‘planganini ta’kidlab o‘tadi. O‘yin yana 5—6 
marta takrorlanadi. 
O‘yin bir necha marta takrorlanib, bolalar uni yaxshi o‘zlashtirib olganlaridan 
keyin tarbiyachi sayr vaqtida ularga to‘xtashni va ko‘zlarini yumishni taklif qilishi 
mumkin. O‘zi esa bu vaqt ichida xona burchaklarida turgan bayroqlarni almashtirib 
qo‘yadi. 
Kurk tovuq va jo‘jalar 
O‘yinda qatnashayotgan bolalar jo‘jalarni, tarbiyachi esa tovuqni ifoda etadi. 
Kurk tovuq va jo‘jalar uyda bo‘lishadi (ustun yoki stullar orasida 35—40 sm 
balandlikda arqoncha tortiladi, bu joy uy vazifasini o‘taydi). Bir chekkada tasavvur 
qilinadigan katta qush yashaydi. Kurk tovuq arqonchaning tagidan engashib o‘tadi 
va bolalarga don qidirib ketadi. Keyin “qu-qu-qu-qu” deb jo‘jalarini chaqiradi. 
Uning ovozini eshitib, jo‘jalar ham arqoncha tagidan o‘rmalab o‘tishadi va yugurib 
yuvuqning oldiga borishadi. Hammalari birga o‘ynaydilar, engashadilar, 
cho‘qqayib o‘tiradilar, don-dun qidiradilar. Tarbiyachining: “Katta qush uchib 
kelyapti”—degan so‘zlarini eshitgach, hamma jo‘jalar tez qochib ketadilar va 
uylariga yashirinadilar. O‘yin 3—4 marta takrorlanadi. 
Jo‘jalar katta qushdan qo‘rqib uylariga qochib ketayotganlarida bolalar 
arqonchaga urilib ketmasliklari uchun tarbiyachi uni ko‘tarib turishi mumkin. 
Oradan birmuncha vaqt o‘tgandan so‘ng bolalarning o‘zlari ham tovuq rolini 
o‘ynashlari mumkin. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling