O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Bayroqchani top 
Bolalar xonaning bir tomoniga qo‘yilgan stullarda o‘tirishadi. Tarbiyachi 
ularga ko‘zlarini yumishni taklif qiladi. Shu payt u bolalarning hammasiga 
еtadigan bayroqchalarni xonaning turli joylariga qo‘yib chiqadi. Shundan so‘ng, u: 
“Berkitilgan bayroqchalarni toping”,— deydi. Bolalar ko‘zlarini ochib, 
bayroqchalarni qidiradilar. Kim bayroqchani topsa, tarbiyachiga keltirib beradi. 
Bayroqchalarni hamma bolalar topganlaridan keyin tarbiyachi ana shu 
bayroqchalarni ko‘tarib, xona bo‘ylab yurishni va keyin esa o‘z joylariga kelib 
o‘tirishni taklif qiladi. O‘yin takrorlanadi. 
Bayroqchalar bir xil rangda bo‘lishi kerak. Aks holda bolalar o‘rtasida janjal 
chiqishi mumkin. Bayroqchalarni shunday joyga qo‘yish kerakki, bolalar ularni tez 
topa olsinlar va tez olib kelsinlar. 
Mening quvnoq sho‘x koptokcham 
Bolalar xonaning yoki maydonchaning bir tomoniga qo‘yilgan stullarda 
o‘tirishadi. Tarbiyachi ulardan sal nariroqda turadi, koptokni qo‘l bilan urib, uning 
qanday еngil va baland uchishini ko‘rsatib beradi. Shu paytda u Zafar Diyorning 
quyidagi qo‘shig‘ini aytadi: 
To‘pim to‘p-to‘p etasan, 
Ursam uchib ketasan. 
Hakkalanib nariga 
Do‘stlarimga еtasan. 
Keyin 2—3 ta bolani chaqirib, koptokni ushlab turgan holda irg‘ishlab 
sakrashni taklif qiladi. Tarbiyachi boyagi qo‘shiqni aytib, koptok bilan yana 
mashqni takrorlaydi. Qo‘shiqni aytib bo‘lgach, bolalarga qarab, “Hozir sizlarga 


105 
еtib olaman!” — deydi. Bolalar sakrashdan to‘xtab, turib olmoqchiga o‘xshab 
harakat qilayotgan tarbiyachidan nariroqqa qochib ketadilar. 
O‘yinni takrorlash paytida tarbiyachi ko‘proq bolalarni chaqiradi. O‘yinni 
yakunlar ekan, tarbiyachi hamma bolalarga baravardan koptokka o‘xshab sakrashni 
taklif qiladi. Bunda tarbiyachi qo‘shiqni bolalarning sakrash sur’atiga qarab tez 
aytadi (bu sur’at ancha tezdir). Agar bolalar koptokka o‘xshab sakrashni 
bilmasalar, ularga buning qanday bo‘lishini ko‘rsatib berish zarur. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling