102
o‘rnidan turadi, ikkala qo‘llarini yuqori ko‘tarib kerishadi, keyin dastlabki holatga,
o‘z joyiga qaytib keladi.
Bu o‘yinda polga qo‘yilgan taxtadan foydalanish ham yaxshi natija beradi.
Ehtiyot bo‘l
O‘yining maqsadi bolalarni muvozanatni saqlab yurishga o‘rgatish,
ularni
qo‘rqmas qilib tarbiyalashdan iborat bo‘ladi.
Bolalar gimnastika skameykasi yoni bo‘ylab terib qo‘yilgan stullarda
o‘tiradilar. Bolalar bitta-bittadan skameykaning oxiriga kelib, tizzalariga tayangan
holda skameyka chetidan qo‘llari bilan ushlab ustidan emaklagancha uning narigi
boshigacha boradilar. Skameykaning oxiriga еtgach, bola o‘rnidan turadi va undan
tushadi.
Tarbiyachi
bolaga yordam berib, uni ushlab boradi. Mashqni qiya qilib
qo‘yilgan taxta ustida o‘tkazish
ham mumkin, bunda yuqoriga ham,
pastga ham
emaklasa bo‘ladi.
To‘p doirada
O‘yindan maqsad bolalarga to‘pni bir-birlariga yumalatishni o‘rgatishdir.
Bolalar polda doira bo‘lib o‘tiradilar va koptokni bir- birlariga yumalatadilar.
Tarbiyachi doiradan tashqarida turib, o‘yinni
kuzatadi, to‘pni ikki qo‘llab
itarish kerakligini tushuntiradi, buni qanday bajarish zarurligini ko‘rsatib beradi;
agar to‘p doiradan chiqib ketsa, uni olib berib turadi va hokazo.
To‘pni ilib ol
Bu o‘yinda bolalarga to‘pni ikki qo‘llab pastdan irg‘itish
va uni еrga
tushirmasdan ilib olish o‘rgatiladi. Masofani ko‘z bilan chamalash mashq
qildiriladi.
Bolalar davra qurib turadilar. Tarbiyachi o‘rtada turib oladi.
U kichikroq to‘pni qo‘lida pastlatib ushlab turadi. Tarbiyachi «Yusuf, to‘pni
ilib ol», deydi va bolaga to‘pni otadi. Bola to‘pni
ilib olib, uni tarbiyachiga
irg‘itadi.
Tarbiyachi bolalar to‘pni ikki qo‘llab past tomondan shaxt bilan irg‘itishlarini,
ilayotganda qo‘llarini sal oldinga uzatib, to‘pni ko‘kraklariga bosmay, barmoqlari
bilan ilishlarini kuzatib turadi.
To‘pni yumalat
Bu o‘yinda bolalarga to‘pni yumalatish va ilib olish o‘rgatiladi,
ularda
harakatchanlik xususiyatlari tarbiyalanadi.
Bolalar polda doira bo‘lib o‘tiradilar (oyoqlarini kerib, oldinga uzatadilar yoki
chordana qurib o‘tirib oladilar). Tarbiyachi qo‘lida to‘p ko‘tarib doiraning
o‘rtasida o‘tiradi. U to‘pni navbat bilan har bir bolaga qarab yumalatadi.
Bolalar
to‘pni ilib olib, uni yana tarbiyachiga yumalatadilar.
Bolalar mana shu harakatlarni o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng doira markazida
tarbiyachining o‘rniga bolalardan birontasi o‘tirishi mumkin.