O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Koptokni quvib еt 
Bu o‘yinda bolalar chaqqonlikka va koptokni yumalatib, tutib olishga 
o‘rgatiladi. 
Bolalar maydonchada o‘ynab yurganda, tarbiyachi bir nechta bolani 
chaqirib, koptokni yumalatishni va uni tutib kelishni taklif qiladi. Keyin birin-
ketin koptokni turli tomonga yumalatadi. Bola koptok ketidan yugurib, uni tutib 
oladi va tarbiyachiga keltirib beradi. Tarbiyachi koptokni bir gal boshqa tomonga 
otadi, lekin endi boshqa bola olib keladi (3-rasm). 
Uch yashar bolalar tarbiyachi otgan koptokning orqasidan yuguradilar. 
Shundan keyin o‘yinga bolalarning boshqa guruhi jalb qilinadi. O‘yinda bir yo‘la 
8—10 bola ishtirok etishi mumkin. Bolalarning baravar yugurishi uchun hamma 
koptoklarni birdan otish kerak. Koptok o‘rniga rezina halqacha, qum solingan 
xaltachalardan ham foydalanish mumkin 
Ariqdan sakrab o‘tish 
O‘yindan maqsad bolalarni qoidaga amal qilishga, chaqqonlikka o‘rgatish, 
sakrash 
va 
yugurish 
kabi 
harakatlarini 
mustahkamlash, 
muskullarini 
rivojlantirishdir. 
Polga taxta tashlab qo‘yiladi (eni 25—30 sm, uzunligi 2—2,5 m). Bu ariqning 
ko‘prigi bo‘ladi. Ariqning narigi qirg‘og‘ida lolaqizg‘aldoqlar, bo‘tako‘zlar, 
moychechaklar va bog‘da rang-barang gullar ochilib yotibdi (gilam ustiga har xil 
rangdagi laxtak qiyiqlari tashlab qo‘yiladi). Bolalar ariqning narigi qirg‘og‘iga 
ko‘prikdan o‘gadilar, gul teradilar (chuqqayib o‘tiradilar, engashadilar), keyin uyga 
qaytib keladilar. O‘yin 3—-4 marta takrorlanadi. 
Tarbiyachi bolalarning faqat ko‘prikdan o‘tishlarini kuzatib: «Ariqda suv tez 
oqadi, chuqur, ehtiyot bo‘lib o‘tinglar, oyoqlaringizni ho‘l qilib qo‘ymanglar», deb 
turadi. 
Menga еtib olinglar 
O‘yindan maqsad bolalarni qoidaga amal qilishga o‘rgatish, ularda yugurish 
kabi harakatlarni mustahamlash va chidamlilikni tarbiyalashdir. 
Bolalar maydoncha yoki xonaning bir tomonidagi stullarda yoki 
skameykalarda o‘tiradilar. «Menga еtib olinglar», deydi tarbiyachi va 
maydonchaning ikkinchi tomoniga qarab yuguradi. Bolalar tarbiyachining ketidan 
uni tutmoqchi bo‘lib yuguradilar. Bolalar tarbiyachiga yaqinlashib qolganlarida u 
to‘xtaydi-da: «Qochib ketinglar, qochib ketinglar. Endi men sizlarga еtib olaman!» 
— deydi. Bolalar o‘z joylariga qarab yuguradilar. 
Bu o‘yinni dastlab bolalarning kichik bir guruhi bilan o‘tkazgan ma’qul. 
So‘ng bolalar sonini 10—12 kishigacha ko‘paytirish mumkin. Tarbiyachi 
bolalardan qochib, juda tez yugurmasligi kerak. Bolalar tarbiyachiga еtib 
olganlaridan keyin yaxshi yugurar ekansizlar, deb ularni maqtab qo‘yish kerak. 


101 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling