97
almashadi. Agar bir aytishning o‘zida bir nechta joyning nomini topa olsa,
sayohatchiga bir ochko beriladi. O‘yin shu tarzda davom etadi. Eng ko‘p
ochko
jamg‘argan o‘yinchi o‘yin g‘oilib bo‘ladi.
Sholg‘om tortish
Bu o‘yinda 20 ta bola qatnashib, ular ikki guruhga bo‘linadilar.
Guruhlar o‘ziga “Bulbul”, “Sa’va” deb nom qo‘yib, oladilar. Keyin o‘rtaga
to‘g‘ri chiziq chiziladi va bir tomonda “Bulbul” guruhi, ikkinchi tomonda esa
“Sa’va” guruhi turishadi.
Sardorlar chiziqning ikki tomonida turib: “Sholg‘om tortish!”
deb buyruq
berishgandan so‘ng bolalar bir-birlarining qo‘llarini o‘z tomoniga tortishadi.
Chiziqdan bolalarni ko‘proq o‘tib ketgan guruh еngiladi.
Nimaning pati
O‘yinda qatnashadigan 10 ta bola doira hosil qilib o‘tiradi. O‘yinboshi biror
qushning patini (o‘rdak, g‘oz, qarg‘a va hokazo) olib, bolalardan biriga ko‘rsatib,
bu nimaning pati deb so‘raydi. Patning nomini aytadi, boshqa boladan so‘raladi,
boshqa bola ham javob beradi. O‘yin qoidasida bir
qushning nomi ikki marta
takrorlanmasligi kerak. Bir bolaning aytganini ikkinchisi aytib qo‘ysa,
o‘yinboshining aytgan buyrug‘ini bajaradi: o‘yinga tushadi, qo‘shiq aytadi va
hokazo. Kim qushlar nomini ko‘p bilsa, o‘sha “bilag‘on” hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: