O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Rigu-ragu 
Bir nechta bola bir joyga to‘planib turadi. Ulardan biri o‘yinboshi bo‘ladi. 
Qolgan bolalar qo‘lini mushtum qilib turadi. O‘yinboshi qo‘lini bir-ikki marta 
silkitib: “Rigu-ragu, rigu-ragu...” deb aytadi. Keyin bosh barmoqlarini chiqarib 
shoxni ifodalaydi va shoxli narsalarning nomini aytadi, 
masalan: «Shoxli echki» yoki “Shoxli uy, shoxli 
ko‘ylak” deb chalg‘itadi. Agar shoxi bor hayvon aytilsa, 
hamma bolalar qo‘llarini bosh barmog‘ini chiqarishlari 
kerak bo‘ladi. Agar o‘yinboshi bolalarni chalg‘itib shoxi 
bo‘lmagan hayvonni yoki boshqa bir buyumni aytsa, 
bolalar shohni ko‘rsatmasliklari kerak. Xato qilgan 
o‘yinchi o‘yindan chiqadi. 
O‘yin qoidalari. Bolalar ikkala qo‘llarini bosh 
barmog‘ini chiqarishlari shart, bittasi hisoblanmaydi. 
O‘yindan xato qilib, chiqib ketgan bola o‘ynab beradi 
yoki qo‘shiq aytadi. 
Gullar 
Har bir o‘yinchi o‘ziga gullardan ism tanlaydi (atirgul, 
liliya, nargiz va hokazo). Bolalar orasida bir xil ismli o‘yinchi 
bo‘lishi mumkin emas. Qur’a tashlash yo‘li bilan tanlangan gul 
(masalan atirgul) o‘yinni boshlaydi. Atirgul o‘ziga lola gulini 
chaqirib uni quva boshlaydi. Agar lolada tutilish xavfi tug‘ilsa, u 
boshqa bir gulni o‘rniga chaqiradi. Navbatdagi o‘yinchi qocha 
boshlaydi. 
O‘yinchilar faqatgina gullar nomi bilan emas, balki 
hayvonlar va baliqlar nomi bilan ham atalishi mumkin. 
O‘yin qoidalari. Tutilgan o‘yinchi ismini o‘zgartirib 
o‘yinda qayta ishtirok etishi mumkin. O‘yin davomida bir xil ism qaytarilishi 
mumkin emas. O‘yin davomida biror marta tutilmagan o‘yinchi g‘olib hisoblanadi. 
Quyon tongi 
Bir nechta o‘yinchilar – quyonlar, ulardan biri – 
quyonlar 
murabbiyi. 
Maydoncha 
o‘rtasiga 
kichkina 
aylanachalar chiziladi. Bu ularning uychasi vazifasini 
bajaradi. Murabbiyning bunday uychasi yo‘q. Murabbiy 
quyonchalarga 
qarab: 
“Hamma tursin!” (quyonchalar 
harakatlar bilan buyruqni bajaradilar). Hamma yuvinadi
gimnastika qiladi, o‘rin yig‘ishtiradi, nonushta qiladi, 
maktabga ketadi, maktabda o‘qiydi, uyga qaytadi, dars 
tayyorlaydi, hovliga chiqib o‘ynaydi” deydi. “Hovliga chiqib o‘ynaydi” degan 
buyruqdan so‘ng quyonchalar uychalaridan chiqib, chopib yuradilar. 


94 
Murabbiy birdaniga: “Tun” deydi. Shunda hamma o‘z uychasiga yugurib 
qaytishi kerak. Oxirida qolgan bola yutqizgan hisoblanadi. 
O‘yin qoidalari. Barcha harakatlar murabbiy buyrug‘idan so‘ng bajariladi. 
Bolalar hovlida yugurayotganda uychasidan kamida 10 qadam tashqarida bo‘lish 
kerak. 
Baliq ovi 
Bir necha o‘yinchi ikki guruhga bo‘linadi. Guruhlar bir-
biriga qarama-qarshi bir necha qadam oralig‘ida turishadi. 
Birinchi guruh-baliqchilar (ularning soni kamroq), qolganlar – 
baliqlar. Baliqchilar: 
- Biz baliq tutamiz. 
- Qanday baliq? 
- Laqqa baliq. 
- Tutinglar!- deb baliqlar javob qaytarishadi. 
Baliqlar o‘girilib belgilangan chegaracha qochadilar. Har 
bir tutilgan baliq o‘yindan chiqadi. 
O‘yin qoidalari. Baliqlarni faqat chegaragacha tutish mumkin. Baliqchining 
qo‘li tekkan baliq tutilgan hisoblanadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling