O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Tegirmonda to‘p 
Bir nechta ishtirokchilar katta aylana bo‘ylab turishadi, ular bir-biridan 
kamida 2-3 qadam oraliqda bo‘lishlari kerak. O‘yinchilardan biri tarbiyachidan 
to‘pni olib yonidagi sherigiga otib uzatadi, unisi yonidagiga, keyin shu tariqa to‘p 
aylana bo‘ylab uzatilaveradi. Sekin-sekin to‘p tezligi oshib boradi. 
O‘yin qoidalari. To‘pni qo‘lidan chiqarib yuborgan yoki noto‘g‘ri uzatgan 
bola o‘yindan chiqadi. Shu tariqa o‘yinda qolgan oxirgi o‘yinchi g‘olib 
hisoblanadi. 
Oqsoq turna 
Barcha o‘ynovchilar ikki jamoaga bo‘linadilar. 3-5 metr masofali maydonga 
ikkita 5-6 metrli parallel chiziq o‘tkaziladi. Har bir jamoa o‘zining belgilangan 
chizig‘i orqasida turadilar. Barcha ishtirokchilar bir oyog‘ini orqaga tizzadan 
bukib, qo‘li bilan uni ushlab (o‘ng oyoqni o‘ng qo‘li, chap qo‘li bilan) turadilar. 
Hushtak chalinishi bilan ikka guruh bir-birlariga qarama-qarshi sakrab-
sakrab yaqinlashgan chog‘da bo‘sh qo‘li va gavdasi bilan qarshi guruhdagi 
o‘yinchini turtib, uni ikkala oyoqqa turishiga harakat qiladilar. Shunda ikkala 
oyog‘iga turgan bola o‘yindan chiqadi. 
O‘yin qoidalari. O‘yinchilar bir-biriga qarab sakrashni faqat hushtak 
chalinishi bilan boshlashadi. O‘yinchida charchash holati bo‘lsa, unga tezda 
oyog‘ini almashtirib olishga ruxsa beriladi. 
Dumini ushla 


92 
Barcha ishtirokchilar aylana bo‘ylab turishadi. O‘rtada 
“sher” o‘tiradi. Qolgan ishtirokchilar – “qo‘y” hisoblanishadi. 
Sher o‘zini uxlayotganga solib o‘tiradi. Qo‘ylar uning atrofida 
qo‘shiqlar aytib aylanishadi va ora-orada sherni qo‘llari bilan 
turtib qo‘yishadi. Sher kutilmaganda uyg‘onib darhol 
qo‘ylarni tutishga urinadi (qo‘li bilan tegadi). Tutilgan qo‘y 
sherga yordamchi bo‘lib o‘rtaga o‘tiradi. 
O‘yin qoidalari. Sher hohlagan paytda qo‘ylarni tutishi 
mumkin, lekin unga kimdir birinchi marta tegmaguniga qadar 
o‘rnidan turmaydi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling