91
O‘tirganlardan kimnidir doiradan chiqarib yuborishga harakat qiladi. O‘yinchining
bitta oyog‘i ham tashqariga chiqib ketsa, u o‘yindan chiqadi.
O‘yin qoidalari. O‘tirgan o‘yinchilar goh-gohida qo‘llari bilan polga (yoki
еrga) tegishlari mumkin. Turgan o‘yinchi o‘tirganlarni kuchli turtishi kerak emas.
O‘yinchi sakrayotgan oyog‘ini o‘zgartirib turishi mumkin.
O‘rmonchi
Yerga diametri 8-10 m bo‘lgan katta aylana chiziladi. Bu o‘rmon
hisoblanadi, o‘rtasida kvadrat bo‘lib, bu o‘rmonchining uyi vazifasini o‘taydi.
Kvadrat ichiga bir bola qo‘yiladi va o‘rmonchi tanlanadi.
Qolgan ishtirokchilar
oqqush bo‘ladilar.
Oqqushlar o‘rmonga uchib kirib, o‘rtadagi bolani
olib chiqishga urinadilar,
o‘rmonchi esa – ularni tutib olishga, qo‘l bilan tegishga harakat qiladi.
Bolani
kvadratdan olib chiqqan oqqush o‘rmonchi bo‘lib oladi va o‘yin qaytadan
boshlanadi.
O‘yin qoidalari. O‘rmonchining uyiga kirish mumkin emas.
Tutilgan
oqqushlar o‘yindan chiqadi. O‘rmonchi o‘rmon tashqarisiga chiqib ketishi mumkin
emas. Undan tashqari u bitta joyda ham turishi kerak emas,
u doimiy ravishda
aylana ichida harakatlanib turishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: