O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Qo‘lingni ko‘tar 
O‘yinda ishtirokchilar turgan yoki o‘tirgan holda 
aylana bo‘lib bir-birlariga xalaqit bermaydigan oraliqda 
turishlari kerak. Quraga ko‘ra markazda turishga bir 
o‘yinboshi tayinlanadi. U doira atrofinidan sekin-asta yurib, 
bir o‘yinchi oldida to‘xtaydi va baland ovozda: “Qo‘lingni 
ko‘tar!” 
deydi. 
O‘yinboshi 
aytgan 
bola 
holatini 
o‘zgartirmasdan turishni davom ettiradi. Lekin uning ikki 
chekkasida turgan qo‘shnilari o‘sha zahotiyoq bir qo‘llarini 
ko‘tarishlari kerak: o‘ng tomondagi qo‘shni chap qo‘lini, 
chap tomondagi qo‘shni esa o‘ng qo‘lini ko‘taradi. Agar 
bolalardan biri noto‘g‘ri qo‘lini ko‘tarsa, umuman ko‘tarishi 
esidan chiqib qolsa yoki boshqa bir xatoga yo‘l qo‘ysa, bu 
bola o‘yinboshi bilan o‘rnini almashib o‘rtaga turadi. 
O‘yin belgilangan vaqtgacha o‘ynaladi (masalan 10 daqiqa). Qaysi o‘yinchi 
o‘yinboshi bo‘lmasa o‘sha g‘olib hisoblanadi. O‘yinboshi albatta, o‘yinchi yoniga 
kelib, unga buyruq berishi mumkin. 
 
 
Bolalar va xo‘roz 
O‘yinchilardan biri xo‘roz rolida. Xo‘roz o‘yidan chiqib, maydoncha 
bo‘ylab chopadi va uch marta qichqiradi. Bolalar unga javoban: 
Xo‘roz, xo‘roz, 


95 
Boboxo‘roz, 
Muncha erta turding- 
Bolalarni uyg‘otding? 
Shundan so‘ng xo‘roz inidan chiqib, qanotlarini qoqib, bolalarning ketidan 
yuguradi. Agar bolalarni tuta olmasa iniga qaytadi. 
O‘yin qoidalari. Xo‘roz qanotlarini qoqqandan so‘ng bolalar yuguradilar. 
Bolalar o‘z uylariga kirib ketishlari mumkin. 
Qovoqni urish 
Uyinda bir nechta bola ishtirok etadi. 
Yerda diametri 1-1,5 m bo‘lgan aylana 
chiziladi. Undan 6-8 qadam nariroqda еrga 
tayoq qadaladi (tayoqning balandligi 1m dan 
ortiq bo‘lmasligi kerak), uning ustiga esa quruq 
ko‘rgazmali (dekorativ) qovoq kiygiziladi. 
Qur’aga ko‘ra bir yo‘inchi aylana ichidagi 
qovoqqa orqasi bilan turadi. Uning qo‘liga 
uzunligi 1 m li tayoqcha beriladi, ko‘zi esa 
ro‘molcha bilan bog‘lab qo‘yiladi. Turgan joyida bir necha marta atrofga aylanib 
to‘xtaydi va qo‘lidagi tayog‘i bilan aylanadan chiqib, qovoqni qidirishni boshlaydi 
va uni urishga harakat qiladi. O‘yinchilarga talabni bajarishga ma’lum bir vaqt 
beriladi. Shu vaqt ichida vazifani to‘g‘ri bajargan o‘yinchiga ochko beriladi. 
O‘yin qoidalari. Faqat qovoqni urish kerak, tayog‘ini mumkin emas. Aylana 
atrofidagi boshqa o‘yinchilar ishtirokchiga umuman xalaqit qilmasliklari lozim. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling