O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

 
Rangli avtomobillar 
Bolalar xona devori bo‘ylab turadilar. Bu garajdagi avtomobillar bo‘ladi. 
O‘yinda ishtirok etayotgan har bir bolaning qo‘lida bayroqcha (koptok, kartondan 


112 
yasalgan kuk, sariq yoki yashil rangdagi doira) bo‘ladi. Tarbiyachi xonaning 
markazida o‘ynovchi-larga qarab turadi. Uning qo‘lida tegishli rangdagi uchta 
bayroqcha bo‘ladi. U bayroqchalardan birini ko‘taradi (ba’zan ikkita yoki har 
uchala bayroqchani ham ko‘tarish mumkin).Ana shu rangdagi narsasi bo‘lgan 
bolalar maydon bo‘ylab yugurib ketadilar, yurib borayotgan avtomobilga taqlid 
qiladilar,di-ditlatadilar. Tarbiyachi bayroqchani tushirgandan keyin avtomobillar 
to‘xtaydi, aylanib buriladi va o‘z garajlariga qarab jo‘naydi. O‘yin 6 marta 
takrorlanadi. 
Tarbiyachining qo‘lida qizil bayroqcha bo‘lishi ham mumkin. U 
kutilmaganda qizil bayroqchani ko‘taradi, bunda avtomobillar bu signalga ko‘ra 
to‘xtashi kerak. 
Qushlar va mushuk 
Yerga doira shakli chizib quyiladi (diametri 5—6m). Doiraning markazida 
tarbiyachi tanlagan bola— mushuk turadi. Qolgan bolalar doiradan tashqarida 
turishadi — ular qushchalar bo‘lishadi. Mushuk uxlab qoladi. Qushchalar doira 
ichiga kirib don cho‘qilashadi. Mushuk uyg‘onib qoladi, qushchalarni quvadi va 
ularni tuta boshlaydi. Qushchalar doiradan uchib chiqishga shoshiladilar. 
Mushukka qo‘li tekkan bola tutilgan hisoblanadi va doiraning o‘rtasiga borib 
turadi. Mushuk 2—3 qushchani tutgandan keyin tarbiyachi yangi mushuk 
tayinlaydi. Tutilgan qushchalar barcha o‘ynovchilarga qushilib ketadi. O‘yin 4—
5 marta takrorlanadi. 
Mushuk qushchalarni ehtiyot bo‘lib tutadi (ularni changallab olmay, faqat 
qo‘lini sal tekkizib quyadi). Agar mushuk ancha vaqtgacha hech kimni tuta 
olmasa, tarbiyachi unga yordam berish uchun yana bitta mushuk tayinlaydi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling