O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

G‘ozlar 
Maydonchaning bir tomonida - chiziq bilan ajratilgan joyda g‘ozlar 
yashaydi. Qarama-qarshi tomonda chupon turadi. O‘yinning chap tomonida 
bo‘rining uyi bo‘ladi. Qolgan joy o‘tloq. Bo‘ri va cho‘pon vazifasini bajaruvchi 
bolalarni tarbiyachi tayinlaydi, qolgan bolalar g‘oz bo‘ladilar. Cho‘pon g‘ozlarni 
o‘tloqqa olib chiqadi, ular o‘tloqda yurib, uchadilar. 
Cho‘pon: G‘ozlar, g‘ozlar[ 
G‘ozlar (to‘xtab, javob beradilar); G‘a, g‘a, g‘a! 
Cho‘pon: Don еysizmi? 
G‘ozlar: Ha, ha, ha! 
Cho‘pon: Qani, uchib kelinglar! 
G‘ozlar: Ucha olmaymiz! 
Tog‘ ostidagi bo‘ri 


120 
Bizni uyga qo‘ymaydi. 
Cho‘pon: Qanotlardan ajralmay, 
Uyga tomon uchinglar! 
G‘ozlar qanotlarini yozib (qo‘llarini yon tomonga uzatib) o‘tloqdan uy tomon 
uchadilar, bo‘ri esa uyasidan chiqib, ularni tutishga (qo‘l tekkizishga) harakat 
qiladi. Tutilgan g‘ozlar burining uyasiga kiradilar. Bir necha marta yugurib 
o‘tgandan so‘ng (o‘yin tartibiga ko‘ra) tutilgan g‘ozlar sanab chiqiladi. So‘ngra 
yangi bo‘ri va cho‘pon tayinlanadi. O‘yin 3—4 marta takrorlanadi. O‘yinning 
boshida bo‘ri vazifasini tarbiyachi bajaradi. 
Qiziqchilar 
O‘yinchilardan biri qiziqchi qilib tayinlanadi va u davra o‘rtasida turadi. 
Qolgan bolalar qo‘l ushlashib, doira bo‘ylab (tarbiyachi ko‘rsatmasiga binoan 
o‘ngga va chapga) yuradilar va: 
Doira buylab, 
 
Qetma-ket, 
Boramiz qadam-baqada,
Joyingizda to‘xtangiz 
 Birgalikda hammamiz 
Mana... bunday qilamiz,—deyishadi. 
Bolalar to‘xtab, qo‘llarini tushiradilar. Qiziqchi biror harakatni qilib 
ko‘rsatadi, qolgan hamma bolalar bu harakatni takrorlashlari kerak. O‘yin 2—3 
marta takrorlanadi, qiziqchi o‘yinchilardan birini o‘z o‘rniga tayinlaydi, so‘ngra 
o‘yin yana davom ettiriladi. O‘yin 3—4 marta takrorlanadi. 
Qiziqchilar bir harakatni hadeb takrorlamay, xilma-xil harakatlarni ko‘rsatishi 
kerak. 
Holatni bajar 
Bolalar maydon bo‘ylab yugurib yuradilar. Tarbiyachining signaliga binoan 
joylarida tez to‘xtab, biror holatni (cho‘qqayib, qo‘llarni yon tomonlarga ko‘tarib 
va hokazo holatni) egallab turadilar, eng ifodali bo‘lib turgan holatni tarbiyachi 
aytib, ularni rag‘batlantiradi 
Yil oxiriga borib o‘yii murakkablashtiriladi, unda bolalar guruh guruh, juft-
juft, uchtadan bo‘lib turishlari mumkin. Bundan tashqari, bolalarga aniq holatda, 
faqpt tik turib, cho‘qqayib turib, o‘tirib va hokazoda figura hosil qilish taklif 
etiladi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling