O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 3.34 Mb. Pdf ko'rish
|
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koptokni to‘rdan oshir
- To‘p maktabi
- Halqa tashlash
Bulavani urib yiqit
Bolalar chiziqning narigi tomonida turadilar. Chiziqdan 2-3 metr nariga har bir bola qarshisiga bulava qo‘yiladi. Bolalarning qo‘lida koptok bo‘ladi. Bolalar signal bo‘yicha qo‘llaridagi koptokni bulavaga qaratib yumalatib, uni urib yiqitishga harakat qiladilar. Navbatdagi signal berilishi bilan ular yugurib borib koptoklarni olib keladilar, yiqitilgan bulavalarni turg‘izib qo‘yadilar. O‘yin takrorlanadi. Har kim o‘zi bulavani necha marta urib yiqitganini hisoblab boradi. (5-rasm). O‘yin topshirig‘ini har xil qilib bajarish kerak. Koptokni o‘ng qo‘l bilan, chap qo‘l bilan, ikki qo‘llab yumalatish lozim. Koptokni oyoq bilan yumalatib yuborish ham mumkin Koptokni to‘rdan oshir Bolalarning bir guruhi (2—8 ta bola) ularning qo‘li еtadigan balandlikda tortilgan to‘rning ikki tomonida, to‘rdan kamida 1—1,5 m masofada turadi. Keyin bolalar koptokni bir- birlariga ota boshlaydilar. Agar o‘yinda to‘rt va undan ortiq bola qatnashayotgan bo‘lsa, bir bola koptokni to‘rdan oshirib irg‘itadi, koptokni tutib (ilib) olgan bola uni o‘z yonidagi sherigiga tashlaydi, u esa koptokni yana to‘rdan oshirib otadi. Bolalar koptokni o‘yin sharti bo‘yicha to‘rdan muayyan usulda — ikki qo‘llab pastdan yoki oshirib tashlaydipar. Komandalar o‘zaro bir-birlari bilan musobaqalashadi: tarbiyachi yoki bolalardan birortasi turning qaysi tomonida koptok ko‘proq еrga tushganligini hisoblab boradi. To‘p maktabi Koptokni tepaga otish va ilib olish. Koptokni еrga urish, chapak chalish va ikki qo‘llab ilib olish. Koptokni devorga urish, chapak chalish va ikki qo‘llab ilib olish. Ikki kishi bitta koptokni devorga o‘rtog‘i tomon qaytib boradigan burchak ostida uradi, ikkinchi koptok polga tushib, sakrab chiqqanidan keyin uni ilib oladi. Kegli Keglilar muayyan tartibda teriladi: eng baland kegli o‘rtaga, qolganlari bir- biriga zich qilib qo‘yiladi, keyin yana bir qator, lekin orasini sal (5—10 sm) ochiq qoldirib terib chiqiladi; kichik doira shaklida terib, o‘rtaga katta kegli qo‘yiladi; ikki qator terib, katta kegli qatorlari orasiga qo‘yiladi; uch qator qilib, katta kegli ikkinchi qatorga teriladi; kvadrat shaklida terib, katta kegli markazga qo‘yiladi va hokazo. Keglilar terib qo‘yilgan chiziqdan 2—3 m nariga 2—3 ta chiziq chizib, 117 bolalar shu еrdan turib keglilarni urib tushiradilar. Bolalar navbat bilan koptokni avval eng yaqin chiziqdan turib uradilar. Keglini eng ko‘p urib yiqitgan bola g‘olib chiqadi. Uning o‘zi koptokni ikkinchi chiziqdan boshlab yumalatadi va hokazo. Bir o‘yinda keglilarni bir-ikki martadan ortiq terib chiqmaslik tavsiya etiladi. Ochkolarni sanab chiqish ham mumkin, unda katta kegli eng yuqori ochko bilan hisoblanadi. Halqa tashlash O‘yin diametri 15—20 sm halqa tashlashdan iborat bo‘ladi. Halqalar turli xil (kvadrat, uchburchak va boshqa) shaklda joylashtirilgan, uzunligi 30-40 sm bo‘lgan tayoqchalarga o‘ng va chap qo‘llar bilan tashlanadi. Vazifa shundan iborat bo‘ladiki berilgan 1,5—2 m masofadan turib tayoqchalarga iloji boricha ko‘proq (3—5) halqa tushirish lozim. O‘yinda bir vaqtning o‘zida 2-3 bola baravar qatnashadi. Ular baravar miqdorda halqa tashlaydilar, kim ko‘proq halqa tashlaganligi sanab chiqiladi. Halqalar har xil rangda bo‘lgani ma’qul. Har bir bola bir xil rangdagi halqa bilan harakat qiladi. Bunday hollarda bolalar halqalarni baravar tashlashlari ham mumkin. Download 3.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling