O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

 
Tutuvchilar 
Bolalar maydon bo‘ylab tarqaladilar. Tarbiyachi yoki bolalar tomonidan 
tayinlangan boshlovchi — tutuvchi maydon o‘rtasida turadi. 
Tarbiyachi “Bir, ikki, uch — tush!” deydi. Tarbiyachining ana shu signaliga 
binoan hamma bolalar maydon bo‘ylab yuguradilar, tutmoqchi bo‘lib qo‘l 
tekkizishga harakat qilayotgan boshlovchiga chap berib qochadilar. Tutuvchining 
qo‘li tekkan bolalar chetga chiqadilar. U 3—4 o‘yinchini tutgach, o‘yin 
tugallanadi, so‘ngra yangi tutuvchi tayinlanadi. O‘yin 4—5 marta takrorlanadi. 
Bolalar mo‘ljalni to‘g‘ri olib harakat qilishlari uchun tutuvchi boshqalardan ajralib 
turish maqsadida unga biror belgi quyish — qo‘liga lenta bog‘lab qo‘yish, 
shokildali qalpoqcha kiydirish mumkin va hokazo. Agar tutuvchi chaqqon 


119 
bo‘lmay, uzoq vaqtgacha hech kimni tuta olmasa, tarbiyachi o‘yinni to‘xtatib, 
boshqa tutuvchi tayinlaydi. 
Karusel 
Bolalar uchi bir-biriga bog‘langan tizimchani o‘ng qo‘lda ushlab, doira hosil 
qilib turadilar. Ular avval doira bo‘ypab asta- sekin, so‘ngra tezroq yuguradilar. 
Bolalar harakatni quyidagi she’rga muvofiqlashtirib bajaradilar: 
Arang, arang, arang, arang
Karusellar aylanadi. 
Aylanadi, aylanadi— 
Hech tuxtamay aylanadi. 
Yugurish vaqtida tarbiyachi: “Qani yugurdik, yugurdik”, deb turadi. Bolalar 
doira bo‘ylab 2—3 marta yugurib chiqqanlaridan keyin harakat yo‘nalishini 
o‘zgartirishlari uchun “Aylanish” degan signalni beradi. Bolalar aylanib, 
tizimchani chap qo‘llariga oladilar va teskari tomon yuguradilar. So‘ngra 
tarbiyachi bolalar bilan birgalikda: 
Sekin, sekin shashilmdng! 
 Karuselni tuxtating! 
Bir, ikki, bir, ikki
Mana, o‘yin tugadi,—deydi. 
Karusel harakati asta sekinlashadi. “Mana, o‘yin tugadi”,— degan gapdan 
so‘ng bolalar tizimchani еrga qo‘yib, maydon bo‘ylab tarqaladilar. Bolalar bir oz 
dam olganlaridan so‘ng tarbiyachi signal beradi (qo‘ng‘iroq, hushtak, chapak, 
childirma ovozi), shunda bolalar yana doira bo‘lib, qo‘llariga, tizimchani oladilar, 
yangi karusel o‘z o‘rnini egallaydi. O‘yin qaytadan boshlanadi va 2-4 marta 
takrorlanadi. 
Tarbiyachi o‘yinni takrorlashda bir necha shartli signal berib, bolalarga tez 
doira bo‘lib turing, deb topshiriq berishi mumkin. Uchinchi signalgacha o‘z 
o‘rniga tura olmagan o‘yinchi bu karuselda qatnasha olmaydi va keyingi galgacha 
kutib turadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling