122
uzatib, ularning kelib qo‘lga tegishlarini kutib turadilar. Qo‘liga tegilgan bola
orqasiga o‘tadi va aylanib qo‘lini yuqoriga ko‘taradi va hokazo.
Ayyor tulki
O‘yinchilar oraliqda bir qadam joy qoldirib doira bo‘lib turadilar. Chetda,
doiradan tashqarida tulkining uyi belgilanadi. Tarbiyachining signaliga binoan
bolalar ko‘zlarini yumadilar, tarbiyachi esa bolalar
orqasidan doirani aylanib,
bolalardan birortasiga bilintirmay tegib o‘tadi. Tarbiyachi qo‘l tekkizgan bola
ayyor tulki bo‘ladi. Tarbiyachi bolalarga ko‘zlarini ochishni aytadi va kim ayyor
tulki ekanligini topib olishni taklif etadi. Ayyor tulki o‘zini bildirmay turadi.
O‘yinchilar uch marta baravariga (oldin oyoqni, keyin qattiqroq ovoz chiqarib):
“Qayerdasan, ayyor tulki?”—deb
chaqiradilar, Bunda hammalari bir-birlariga
diqqat bilan qaraydilar. Uchinchi bor “Qayerdasan, ayyor tulki?” deyilishi bilan
ayyor tulki qilib tayinlangan bola doira o‘rtasiga
tez yugurib chiqadi, qo‘lini
yuqoriga ko‘tarib: “Men bu еrdaman!” —deydi. Hamma o‘yinchilar maydon
bo‘ylab yugurib ketadilar, tulki esa ularni tutadi (qo‘l tekkizadi).
Tutilgan bolani
tulki uyiga olib ketadi. Tulki 2—3 ta bolani tutgach, tarbiyachi baland ovoz bilan
“Doiraga” deydi. O‘yinchilar doira bo‘lib turadilar, o‘yin qaytadan boshlanadi.
O‘yin 4—5 marta takrorlanadi.
Agar tulki o‘zini sezdirib qo‘ysa, tarbiyachi boshqa tulki tayinlaydi. Tulkini
o‘ynovchilar ham tayinlashi mumkin. Agar tulki ancha vaqtgacha bitta ham bolani
tuta olmasa, o‘rniga boshqasini tayinlash mumkin. Maydon juda katta bo‘lsa, unda
chegara ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: