O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Dengizdagi to‘lqinlar 
Bolalar bir-birlariga qarab, uzatilgan qo‘l masofasini qoldirib turadilar; qo‘llar 
o‘ng (chap) tomonga uzatilib, suv yuzasida turadi. Gavdani o‘ng tomonga 
aylantirish bilan birga bolalar qo‘llarini suv yuzasidan qarama-qarshi tomonga olib 
o‘tadilar (kaftlar qo‘l harakati yo‘nalishi tomon aylanadi) — to‘lqin hosil qiladilar. 
Harakat har bir tomonga to‘xtovsiz davom zttiriladi. 
Botir bolalar 
Bolalar qo‘l ushlashib, davra qurib turishadi va xor bo‘lib bunday deyishadi: 
Biz botir bolalarmiz
Biz jasur bolalarmiz. 
Mana, qaranglar-a sizlar 
Suvda ham ochiq ko‘zlar. 
Shunday deb bolalar qo‘llarini pastga tushiradilar va hammalari ko‘zlarini 
yummasdan baravar suvga sho‘ng‘iydilar. O‘yin 3—4 marta takrorlanadi. 
Ko‘rsatmalar. Mashqning to‘g‘ri bajarilganligini tekshirish uchun tarbiyachi 
suv ichiga qanday buyum qo‘yilganligini bolalardan so‘rashi mumkin. 
Shatak 
Katta yoshdagi kishi bolaning qo‘lidan ushlab, o‘zi orqasi bi lan yurib suvga 
tushadi, keyin esa suvda yotgan bolani tortib yuguradi — «yuk shatakka olinadi». 
Bu topshiriqni bolalarning o‘zlari ham juft-juft bo‘lib bajarishlari mumkin. 
Qurbaqa 
Cho‘qqayib o‘tirgan holatdan turib (suvning chuqurligi tizza bo‘yi) sakrab, 
oldinga qarab suvga yotiladi, qo‘llar oldinga uzatiladi, keyin hovuz tubiga 
tushiriladi. Orqlarni g‘ujanak qilib ko‘krakka tortiladi, shu harakat yana 
takrorlanadi. 


130 
Meduza 
Chuqur nafas olib, birmuncha vaqt nafas olmay turiladi, oldinga engashib, erkin 
holda suvga yotiladi. Bolaning gavdasi bir oz suv ichiga tushib, yana qaytib suv 
yuzasiga chiqadi. Suvda harakatsiz yotib ko‘riladi. 
Po‘kak 
Chuqur nafas olib va nafasni tutib turib, ko‘zni yummasdan suvga 
sho‘ng‘iladi. Oyoqlarni mumkin qadar ko‘proq burib, boldir quchoqlab olinadi va 
tizzalarni ko‘krakka tortib, boshni iloji boricha tizzalarga yaqinlashtirib 
engashtiriladi. Xuddi shu holattda po‘kak singari suv betiga qalqib chiqiladi. 
Holatni o‘zgartirmasdan suv sathida suzib, 8—10 gacha sanaladi. Shundan keyin 
asta-sekin o‘rindan turib, havza tubiga oyoq quyiladi. Po‘kak bo‘lib suzayotganda 
asta-sekin suv ichida nafas chiqarish ham mumkin. 
Tyulenlar 
Qo‘llar oldinga uzatib yotiladi. Qo‘llar bilan sekin itarilib, qo‘llar orqaga to 
belga qadar uzatiladi, oldinga suzishga intilish kerak bo‘ladi, shu paytda bosh 
suvda bo‘lishi zarur. 
To‘pni uzat 
Ikki bola bir-birining orqasidan 0,7—0,8 m masofada turadi. Har ikkovining 
oyoqlari еlka kengligida turadi. Suvning chuqurligi belgacha yoki ko‘krakkacha 
keladi. Bola qo‘lida to‘p ushlab turadi. U oldinga engashib, boshini suvga tiqib 
sho‘ng‘iydi va to‘pni o‘z orqasida turgan bolaga uzatadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling