128
bo‘ladi. Ularning soni o‘ynovchilar soniga baravar bo‘lishi kerak. Tarbiyachining
signali bilan bolalar suvga yugurib tushadilar va buyumlar bilan qirg‘oqqa qaytib
chiqadilar. Qirg‘oqqa birinchi bo‘lib qaytib chiqib, o‘z o‘rnini egallab olgan bola
g‘olib chiqadi. Belgilangan
joydan uzoqlashib ketish, bir-biriga xalaqit berish,
turtishish mumkin emas.
Doirada suzish
Bola havo to‘ldirilgan rezina doira ustiga o‘tiradi yoki yotadi (uni kiyib olishi ham
mumkin) va undaxuddi qayiqda o‘tirganday harakat qilib, suvni qo‘llari
bilan
eshkak singari eshib suzib yuradi.
Favvor
Uch-to‘rt o‘yinchi sayoz joyda suvga tushib, bir-birlarini qo‘llaridan ushlab, doira
hosil qiladi. So‘ngra bolalar qo‘llarini qo‘yib yuborib, orqaga qo‘llari bilan
tayangan holda oyoqlarini uzatib suvda o‘tiradilar. Katta kishining signali
bo‘yicha uzatilgan
oyoqlari bilan suvga urib, suvni favvora misoli har tomonga
sachratadilar. Bu o‘yinda bolalar sachragan suvdan qo‘rqmaslikka o‘rganadilar.
Quticha
Bola suvda chuqqayib, qo‘li bilan tizzalarini quchoqlaydi
dahani suv ustida
bo‘ladi. Chuqur nafas olib, uni tutib turadi boshini suvga tiqadi-“qutichaning
qopqog‘i bekildi”, so‘ngra boshini tezda suvdan chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: