O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Do‘ngdan-do‘ngga 
Bolalar ikki guruhga bo‘linib, maydonning qarama-qarshi gtomonida turadilar. 
Ular o‘rtasiga, butun maydon bo‘ylab doirachalar — do‘nglar chiziladi (ular 
orasidagi masofa har xil: 10, 20, 30, 40 sm bo‘ladi). Tarbiyachi goh u, goh bu 
tomondagi bolalardan bir nechtasini chaqiradi. Ular do‘ngdan-do‘ngga sakrab, 
maydonning ikkinchi tomoniga o‘tadilar. Sakrayotganlar mashqni qanday 
bajarayotganini hamma kuzatib turadi. So‘ngra navbatdagilar sakraydilar. 
O‘yinda har xil topshiriqlar: do‘ngdan-do‘ngga ikki oyoqda, u oyoqdan bu 
oyoqqa, bir oyoqda sakrash beriladi. Bolalarni komandalarga bo‘lish va qaysi 
komanda yaxshi va tez sakrashini aniqlash mumkin. 
Bayroqchaga kim tezroq еtib boradi? 
Bolalar 3—4 ta teng guruhlarga bo‘linadilar va chiqib ketishlari mumkin 
bo‘lmagan chiziq oldida oralarida bir necha joy qoldirib, qatorga saflanadilar. Bu 
chiziqdan 4—5 m narida har bir qator ro‘parasida darvozachalar o‘rnatiladi. Undan 
nariga chiziq chizilib, bayroqcha qo‘yiladi. Shartli signal buyicha qatorda birinchi 
bo‘lib turgan bolalar darvoza tomon yuguradilar,uning tagidan emaklab o‘tadilar. 
Bayroqchaga qarab yuguradilar, bayroqchani olib, yuqoriga ko‘taradilar va 
hilpiratadilar. So‘ngra bayroqchani asta polga qo‘yib, yugurib orqaga qaytadilar va 
o‘z qatorlarining oxiriga borib turadilar. Birinchi bo‘lib yugurib kelgan bola 
yutgan hisoblanadi. Navbatdagilar bayroqcha gomon yuguradilar. 
O‘yinni boshqacharoq o‘tkazish, bolalarga darvozagacha yugurib emas, balki 
cho‘kkalab emaklab yoki tirsak va tizzalarga tayanib sudralib borishni topshirish 
mumkin. Bayroqchani polga tashlash man etiladi. Engashib tayoqchani malum 
tomonga sekin qo‘yish kerak. 
Ayiqlar va asalarilar 
Maydonchaning bir tomonida uya (gimnastika devori yoki minora) bo‘ladi. 
Qarama-qarshi tomonda o‘tloq. Bir chekkada ayiqlar ini bo‘ladi. O‘yinda bir yo‘la 
12—15 tadan ortiq bola qatnashadi. O‘ynovchilar teng bo‘lmagan ikki guruhga 
bo‘linadilar. Ularning ko‘pchilik qismi uyada yashovchi asalarilar bo‘ladi. Ayiqlar 
esa inida. Shartli signalga binoan asalarilar uyalaridan chiqib (gimnastika 
devoridan tushadilar), asal uchun yaylov tomon vizillab, uchadilar. Asalarilar 
uchib ketishi bilan ayiqlar inidan chiqib, asalarilar uyasiga kirib (devorga chiqib), 
maza qilib asal еydilar. Tarbiyachi “Ayiqlar” deb signal berishi bilan asalarilar uya 
tomon uchadilar, ayiqlar o‘z inlariga qochadilar. Yashirinishga ulgurmagan 


124 
ayiqlarga asalarilar nish tiqadilar (qo‘l tekkizadilar). So‘ngra o‘yin qaytadan 
boshlanadi. Nish sanchilgan ayiqlar navbatdagi o‘yinda qatnashmaydilar. 
O‘yin ikki marta takrorlanadi, bolalar vazifalarini almashtiradilar. Tarbiyachi 
bolalarni devordan sakramay tushishlarini kuzatib turadi, kerak bo‘lib qolsa ularga 
yordamlashadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling