131
qo‘llarini qo‘yib yuboradilar va bir vaqtning o‘zida
oyoqlari bilan itarilib, suv
ustida orqalari bilan sirpanib suzib ketadilar (8-rasm)
Toycha
Bolalar o‘z xohishlari bo‘yicha juftlarini tanlab oladilar: biri toycha, ikkinchisi
—aravakash bo‘ladi. Aravakash otni qo‘shib, jilovini kiydirib va to‘g‘ri
yo‘nalishda maydonchaning bir tomonidan ikkinchi tomoniga boradi va orqaga
yoki maydonchaning yon tomoniga qaytib keladi. So‘ngra
tarbiyachining
ko‘rsatmasi buyicha bolalar o‘rinlarini almashadilar va o‘yinni davom ettiradilar.
Otliq askarlar (suvorilar)
4-6 ta bola maydonchaning bir chekkasida turadilar,
tarbiyachi har birining
qo‘liga uzunligi 50—60 sm li tayoqcha beradi. Bolalar tayoqchaning ustiga
minib olib, maydonchani
qarama-qarshi tomoniga, otliq askarlarni aks ettirib
(otda) yuguradilar. Bir- birlariga urilib ketmasdan tez-tez yugurish kerak.
Chambarakni quvib еt
Bolalar chambarakni dumalatishni o‘zlari mustaqil o‘rganib olmagunlaricha,
tarbiyachining o‘zi chambarakni dumalatadi
va biror bolaning ismini aytib, uni
quvlab еtishni taklif qiladi. Chambarak dumalab ketayotganda ushlash kerak,
bunda chaqqonlikni namoyon qilib, tez yugurish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: