O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Tepalikdan dumalat 
Kubik yoki bolalar stulchasi o‘rindig‘iga taxtaning bir uchi qo‘yiladi- 
bu tepalik bo‘ladi. Taxtaning ko‘tarib qo‘yilgan uchiga (polga yoki stul 
o‘rindig‘iga )3-4 ta shar yoki kichikroq koptok qo‘yilgan bo‘ladi. Bolalar uni olib, 
tepalikdan navbatma-navbat birin-ketin dumalatadilar, so‘ngra ular borib sharlarni 
terib oladilar. O‘yin yana davom ettiriladi. 
Kaftgacha irg‘ishlab sakrash 
Tarbiyachi bolalarning gox, birini, goh ikkinchisiga yoniga chaqirib oladi va 
balandroq sakrab, boshini uning kafti tekkizishni taklif qiladi. 
Ehtiyot bo‘l 
Bolalar stulda o‘tiradilar. Ularning oldida gimnastika skameykasi quyilgan 
bo‘ladi. Tarbiyachi bolalardan birorta skameykaning oxiriga kelib turishni taklif 
qiladi. Bola skameyka ustiga chiqib, ikki qirrasidan ushlab, emaklab uning 
oxiriga boradi. So‘ngra o‘rnidan turib, pastga tushadi. 
Koridor bo‘ylab 
Polga ikki qator kegli quyiladi (qator orqasi koridor bo‘ladi). Qatorlar orasi 35—40 
sm, keglilar orasi esa 15—20 sm bo‘ladi. Tarbiyachi signalidan keyin bolalar 
koridor bo‘ylab, kegliga tegmasdan yurib o‘tishi yoki yugurib o‘tishi kerak. 
 
To‘pga qo‘lingni tekkiz 
Tarbiyachi to‘pni to‘rga solib ushlab turadi. U bolalarga sapchib sakrab, 
ikkala qo‘lni to‘pga tekkizishni taklif qiladi. Bitta bola to‘pga 3—4 marta 
sakraydi, so‘ngra tarbiyachi boshqa bolalarini sakrashga chaqiradi. 


134 
Ilonni dumidan ushlab ol! 
O‘yinda o‘n kishi qatnashadi. Ularning har biri o‘ng qo‘lini oldinda turgan 
bolaning еlkasiga qo‘yib ketma-ket turadilar. Qator boshida turgan o‘yinchi — 
ilonning boshi, oxirida turgani dumi bo‘ladi. Ilonning boshi esa dumini ya’ni 
oxirgi o‘yinchini ushlab olishga harakat qiladi. Qatorning dum qismidan 
o‘yinchilar har xil usullar bilan ilonning boshiga tutqich bermaslikga harakat 
qiladilar. Agar ilonning boshi qator oxiridagi o‘yinchini (dumini) ushlab olsa, ular 
joylarini almashadilar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling