133
Sharlarni uzatish
Bolalar stulchada doira bo‘ylab (yoki o‘t ustida) o‘tiradilar.
Tarbiyachi ikki
o‘yinchiga bittadan shar beradi va uni yonida o‘tirgan bolalarga uzatishni taklif
qiladi (bittadan o‘ng, ikkinchisi chap tomondan uzatadi). Sharlar qo‘lma-qo‘l
uzatilib, bir joyda uchrashgandan keyin
bolalar uni bir-biriga urib, “Urildilar”,
deyishadi va o‘rinlaridan turib, doira bo‘ylab orqaga yugurishadi. Qolgan
o‘yinchilar “Yugurdik, yugurdik”, deb aytib turadilar. Bolalar o‘z joylariga qaytib
kelib, “Uchrashdik”, deydilar va tezda sharni tarbiyachiga beradilar. Tarbiyachi esa
sharni boshqa bolalarga beradi. O‘yin yana takrorlanadi.
Darvozaga tushir
Bolalar skameykada o‘tiradi. Ular tarbiyachi belgilagan joyga navbatma-navbat
borib turadilar. Undan 2—3 kadam masofada yoy
shaklida darvoza chizilgan
bo‘ladi. Bola oldinga engashib, еrda yotgan koptokdan
bittasini oladi va uni
darvozaga tushirish uchun dumalatadi. 3—4 koptokni dumalatgandan keyin bolalar
ularni terib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: