O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Qayerga yashirilganini top 
Bolalar xona devori bo‘ylab turadilar. Tarbiyachi bolalarga bayroqchani 
ko‘rsatib, tezda uni yashiradi va “Bo‘ldi”, deydi. Bolalar yashirilgan bayroqchani 
qidiradilar. Bayroqchani birinchi bo‘lib topgan bola o‘yin takrorlanganda 
bayroqchani yashiruvchi bo‘ladi. O‘yin 3—4 marta takrorlanadi. 
Agar bolalar bayroqchani uzoq vaqtgacha topa olmasalar, tarbiyachi bayroqcha 
yashirilgan joyga kelib turadi-da, shu atrofni qidirib ko‘rishni taklif qiladi. 
Bayroqchani bola yashiradigan bo‘lsa, tegishli joy topishda unga yordam berish 
kerak. 
Top, lekin aytma 
Bolalar maydonchaning bir tomonida yuzlarini tarbiyachi tomonga qaratib 
turadilar. Tarbiyachining signali bilan ular o‘girilib, devorga qarab turadilar. Shu 
paytda tarbiyachi ro‘molchani yashirib qo‘yadi. Keyin bolalar ko‘zlarini ochishadi-
da, tarbiyachi tomon burilishadi va ro‘molchani qidira boshlashadi. 
Ro‘molchani topgan bola uni topganligini bildirmasdan sekin tarbiyachining 
yoniga keladi va uning qulog‘iga ro‘molchaning qayerdaligini aytadi-da, qatordagi 
o‘z joyiga kelib turadi (yoki stulchaga, skameykaga kelib o‘tiradi). Bolalarning 
ko‘pchiligi ro‘molchani topmaguncha o‘yin davom etaveradi. O‘yin 3—4 marta 
takrorlanadi. 
Bolalarga kim ro‘molchani topsa, uni turgan joyidan olmaslik kerakligini va 
hatto uni topmaganligini hech kimga bildirmaslikka harakat qilish zarurligini 
tushuntirish kerak. 


118 
Ketgan kim? 
Bolalar davra qurib yoki yarim doira shaklida turadilar. Tarbiyachi o‘yinda 
qatnashayotgan bolalardan biriga o‘z yonida turgan 5—6 ta bolani eslab qolishni, 
keyin xonadan chiqib turishni yoki burilib, ko‘zini yumib turishni taklif qiladi. 
Bolalardan biri yashirinib oladi. Keyin tarbiyachi: “Qani, top-chi, kim yo‘q?”-
deydi. Agar bola topsa, uning o‘rniga boshqa bola tayinlanadi. Agar topa olmasa, 
yana o‘girilib turadi va yashiringan 
bola joyiga qaytib kelib turadi. Keyin topuvchi bola uning nomini aytishi lozim. 
O‘yin 4—5 marta takrorlanadi. 
Bolalar safdan chiqib, yashiringan kim ekanligini aytib bermasliklari kerak. 
Hech kim yashirinmasligi ham mumkin. U holda qidirib topuvchi bola hamma joy-
joyida turganligini aytishi kerak. 
Qopqon 
O‘ynovchilar teng bulmagan ikki guruhga bo‘linadilar. Kichik guruh bolalari 
qo‘l ushlashib, doira hosil qiladilar. Ular qopqon vazifasini o‘taydilar. Qolgan 
bolalar (sichqonlar) doiradan tashqarida bo‘ladilar. Qopqon vazifasini bajarayotgan 
bolalar doira bo‘ylab boradilar va: 
Narsalarni kemirib, Jonga tegdi sichqonlar. Ehtiyot buling 
makkorlar, Sizni quvib еtamiz, Hammangizni tutamiz... 
deb aytadilar. 
Bolalar to‘xtab, darvoza hosil qilib, bir-birlari qo‘llarini ushlab olgan holda 
yuqoriga ko‘taradilar. Sichqonlar qopqon ichiga yugurib kiradilar va undan 
yugurib chiqadilar. Tarbiyachi “Qo‘lingizni tushiring” deyishi bilan doira bo‘lib 
turgan bolalar qo‘llarini tushiradilar, cho‘qqayib o‘tirib qopqon atrofini bekitadilar. 
Doira (qopqon) ichidan yugurib chiqa olmagan bolalar tutilgan hisoblanadilar. 
Tutilganlar doiraga qo‘shilib, uni kengaytiradilar. Qo‘pchilik bolalar tutilgach, 
bolalar vazifalarini almashtiradilar va o‘yin qaytadan boshlanadi. 
Qopqon bekilgach, sichqonlar doira bo‘ylab turgan bolalarning qo‘llari tagidan 
chiqib ketishi yoki orani yorib chiqishi mumkin emas. Juda chaqqon, biror marta 
qopqonga tushmagan bolalarning nomini aytib, rag‘batlantirish kerak. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling