O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Do‘ngdan-do‘nga sakrash” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. Tarbiyachi to‘ldirma to‘plarni shaxmat tartibida 
qo‘yib chiqadi (6-8 dona ikki chiziqqa). O‘ynovchilar ikki qator bo‘lib 
saflanadilar. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan birinchi o‘ynovchilar ikki 
oyoqda tupdan-tupga sakrashni boshlaydilar. Birinchi bo‘lim boshlagan o‘ynovchi 
oxirgi to‘pdan sakrab o‘tishi bilanok mashkni ikkinchi bo‘lib tez va to‘g‘ri narigi 
tomonga o‘tib olgan komanda g‘olib chiqadi. O‘yin 2-3 marta takrorlanadi. 
 
 “To‘pni olib yur” o‘yini 
Tarbiyachi ikki qatorga 1.5 m oraliqda 5-6 dona keglilar qo‘yadi va to‘pni 
oyoq bilan o‘zidan uzoqlashtirmay olib yurish topshirig‘ini beradi. Bolalar ikkiga 
bo‘linib, o‘rtacha tezlikda mashqni bajaradilar. 
“To‘pni bir-biriga oshirish” o‘yini 
Bir guruhdagi bolalar juft-juft bo‘lib bo‘linadilar va bir-birlariga goh o‘ng, 
goh chap oyoq bilan to‘pni dumalatadilar (o‘ynovchilar orasidagi masofa 1.5-2m). 
“Volanni urib qaytar” 
Ikkinchi guruh bolalarni ham ikkitadan bo‘lib olib, qo‘llariga bittadan 
raketka va ikki kishiga bitta volan oladilar. Bolalar volanni bir-birlariga urib 
otadilar, bunda uning havoda ko‘proq vaqt bo‘lishiga harakat qiladilar. 


69 
“Kim tezroq” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar ikki qatorga juft-juft bo‘lib turadilar. 
Bir-birining qo‘lidan ushlab (juft-juft bo‘lib) 4 m masofani sakrab bosib o‘tish 
topshirig‘i beriladi. 
O‘yin tavsifi. Mashqni tarbiyachining ishorasiga binoan safda birinchi bo‘lib 
turgan o‘ynovchilar boshlaydilar. Topshiriqni tez bajargan juftlar ta’kidlab o‘tiladi. 
Keyin ikkinchi bo‘lib turgan juftliklarga ishora qilinadi va hokazo. 
“Gardishga tashla” 
Bolalar gardishdan 1.5 m masofada ikki qator bo‘lib turadilar va 
tarbiyachining ishorasiga ko‘ra ko‘krakdan ikki qo‘llab gardishga to‘p tashlaydilar, 
so‘ngra o‘z saflarining oxiriga borib turadilar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling