O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“To‘xta” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar doira hosil qilib turadilar, o‘rtada 
qo‘lida kichik to‘p ushlab boshlovchi turadi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasi bo‘yicha u to‘pni yuqoriga otadi va 
bolalardan kimnigdir nomini aytadi. Nomi aytilgan bola to‘pni ketidan, boshqalar 
esa turli tomonlarga yuguradilar. Bola to‘pni ushlab olishi bilanoq baland ovoz 
bilan “To‘xta!”-deydi. Barcha o‘ynovchilar buyruq yangrashi bilan joylarida tikka 
to‘xtaydilar. Boshlovchi to‘pni o‘ziga yaqin turgan bolaga tegizishga harakat 
qiladi. Agar boshlovchi tekkiza olmasa, u yana to‘p ketidan yugurib ketadi
o‘ynovchilar esa tarqalib yuguradilar. Boshlovchi to‘pni qo‘liga olgan zamonoq 
“To‘xta!” deb buyruq beradi va to‘pni kimgadir tekkizishga harakat qiladi. To‘p 
tekkan bola boshlovchi bo‘lib hisoblanadi va o‘yin davom ettiriladi. 
“Safda turib to‘p uzatish” 
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar uch qator bo‘lib saflanadilar, safda 
birinchi bo‘lib turganlarning qo‘lida bittadan katta to‘p bo‘ladi. 
O‘yinning tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan bolalar qo‘llardagi 
to‘pni ikki qo‘llab boshlari uzra orqaga uzatadilar. Safdagi eng oxirgi o‘yinchi 
to‘pni olishi bilan safning boshiga yuguradi, o‘yin shu tarzda to boshlovchi yana 
kayta safning boshiga kelmaguncha davom etaveradi. Topshiriqni tez va to‘g‘ri 
bajargan komanda g‘olib chiqadi. 
“Gardishga еtib ol” 
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar dastlabki chiziqqa ikki qator bo‘lib 
safalanadilar. Har birining qo‘lida bittadan gardish bo‘ladi. 
O‘yinning tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan birinchi qator bolalarni 
gardishi bir qo‘llab dumalatib, maydonning ikkinchi tomoniga boradilar, so‘ng 
gardishni qo‘llariga olib ikkinchi qatordagilarga qarab turadilar. Endi topshiriqni 
keyingi guruh bajaradi. Tarbiyachi gardishni yiqitib yubormay, marra chizig‘ini 
tezroq bosib o‘tgan boalalrni ko‘rsatib o‘tadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling