O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Darbozlar” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar dastlabki chiziq oldida uch qator bo‘lib 
saflanadilar. Har bir qatorning qarshisiga 3 m nariga bittadan buyum kegli, kubik, 
tanglikka o‘rnatilgan bayroqcha qo‘yiladi. Har bir qatorda birinchi bo‘lib turgan 
o‘yinchining qo‘lida bittadan qumli xaltacha. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan kopchani boshlariga qo‘yib, 
qo‘llarini yon tomonga uzatib, belgilangan joygacha tezlik bilan yuradilar. Marraga 
еtib kelgach qopchani qo‘llariga olib tezda o‘z komandalariga qaytadilar va 
qopchani keyingi o‘ynovchiga uzatib, o‘z qatorlarining ohirigacha borib turadilar. 
Topshiriqni tez va to‘g‘ri bajargan komanda g‘olib chiqadi. 
“Qarmoq” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar bir-birlaridan bir-ikki qadam narida turib doira 
hosil qiladilar. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasi bilan o‘rtada tarbiyachi tomonga 
qumli qopchani bog‘langan chizimchani ushlab olib aylantiradi, qopchaga 
yaqinlashgan har bir bola, imkoni boricha oyog‘iga qopchani tegizmaslikni harakat 
qilib joyida sakraydi. Oyog‘iga qopcha tekkan bola orqaga bir qadam tashlaydi. 
“Dumalatib urib yiqit” 
O‘yinga tayyorlanish. Tarbiyachi bolalarning soniga qarab dastlabki 
chiziqdan 5 m nariga keglilar qo‘yadi. Bolalar ikki guruhga bo‘linadilar. Birinchi 
guruh saflanadi, bolalarning qo‘llarida bittadan katta to‘p bo‘ladi. 
O‘yinni tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga ko‘ra bolalar to‘pni to‘g‘ri 
yo‘nalishi bo‘yicha dumalatib, keglini urib yiqitishga harakat qiladilar. Qarama-
qarshida turgan bolalar to‘plarini ushlab birinchi guruhini o‘rniga o‘tadilar, ya’ni 
o‘rin almashadilar. Mashq 2-3 marta takrorlanadi. 
“Tegib ketmay yugurib o‘t” 
Tarbiyachi bir biridan 40 sm oraliqda bir qator qilib to‘ldirma to‘plar 
qo‘yadi. Bolalar bir qator bo‘lib to‘ldirma to‘plar orasidan ularga tegib ketmay 
yugurib o‘tishga harakat qiladilar. Mashq 2-3 marta takrorlanadi. Safni boshlovchi 
har safar o‘yini takrorlaganda almashirishi mumkin. 


67 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling